ENDILIKDA TOʻGAPAKLAP YoZ BOʻYI FAOLIYaT KOʻPSATADI
15-iyun kuni Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Yoz kontseptsiyasi” dasturi asosida faoliyat koʻrsatadigan toʻgaraklar mashgʻulotlari boshlandi.

Endilikda bu yerda tashkil etilgan 20 nomdagi 43 ta toʻgarakda oʻquvchilar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar bichish-tikish, toʻqish, mebellar dizayni, boshlangʻich texnik modellashtirish, ingliz tili va kompyuter asoslari boʻyicha hunar oʻrganishlari, oʻz bilim va mahoratlarini oshirishlari mumkin. Bunday toʻgaraklar tumandagi 20 ta maktabda ham faoliyat koʻrsatadi. Joriy yilning 15-iyunidan 15-avgustigacha ertalab soat 9 dan 13 gacha bepul faoliyat koʻrsatadigan bunday toʻgaraklar oʻquvchilarda ham, mahallalardagi uyushmagan yoshlarda ham katta qiziqish uygʻotmoqda.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶