Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha imtiyozlar haqida tushuncha berildi
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlar va nogironligi boʻlgan yoshlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi, ularni maxsus kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish tizimini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

12-iyun kuni Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatining tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda mazkur nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyun kungi 417-sonli Qarorini nogironligi boʻlgan yoshlarga keng targʻib qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi. Nogironlar jamiyatining tuman boʻlinmasi rahbari N.Xolboyeva, Ittifoq qoshidagi “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi” tuman volontyori M.Pahmatullayevalar ishtirok etgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan nogironligi boʻlgan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, bundan samarali foydalana bilish lozimligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyun kungi 417-sonli Qaroriga asosan Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni koʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻkishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, I va II guruh nogironligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan nogironlarning hujjatlarini oliy taʼlim muassasasiga topshirish tartibi va boshqalar batafsil tushuntirildi.
Uchrashuvda yoshlar keng tushuncha va yetarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
M. Oʻrozimbetov,
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶