Harbiy sohaga oid masalalar boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi (+Video)
Harbiy xizmat masalalari yuzasidan tumanimizda sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Mudofaa ishlar boshqarmasi boshligʻi Bahodir Begaboyev, Nukus harbiy prokurori Bahodir Xudoyberdiyev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi Azizbek Jonuzoqov hamda hokim oʻrinbosarlari, davlat organlari va idora-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.



21-iyun kuni oʻtkazilgan mazkur sayyor qabulda harbiy sohadagi islohotlar, oʻzgarish va yangiliklar xususida maʼlumot berildi. Oʻtkazilgan sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, oʻzlarining harbiy sohaga oid muammolari bilan murojaat qildi. Ularning harbiy xizmatni oʻtash, shartnoma pullarining toʻlanishi, harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, ish bilan taʼminlash, umumtaʼlim maktablaridagi yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash fanlari dars soatlarini koʻpaytirish va boshqa ijtimoiy himoya masalalariga doir savollari tinglandi. Barcha murojaatchilarning mulohazalari batafsil oʻrganilib, takliflari eʼtiborga olindi.



Ular duch kelgan muammolar alohida qayd etilib, bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga vazifalar berildi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun harbiy-texnik koʻrgazmalar, sohaga oid tadbirlarni koʻproq tashkil etish lozimligi taʼkidlandi.
Sayyor qabulda bir necha muammoli masalalar joyida ijobiy hal etildi.


O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶