AMUDAPYoLIK ĞALLAKOPLAP 7300 TONNAGA YaQIN HOSIL TOPŞIPIB, ŞAPTNOMAVIY PEJANI OPTIĞI BILAN BAJAPDILAP(Video)
Özbekiston Pespublikasi mustaqillikka erişguniga qadar mamlakatimiz qişloq xöjaligi paxta yetiştirişga yönaltirilgan edi. Şu davrda ekin maydonlarimizning qariyb 90 foizigaça paxta ekilgani heç kimga sir emas. Şu bois, deyarli heç qanday almaşlab ekiş bölgan emas. Yerning faqat bitta maqsadda beşafqat işlatilişi tuproqning kuçsizlanib qolişiga olib keldi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta ekiladigan maydonlar ikki baravar qisqartirildi. Natijada mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişga zamin yaratildi.
Ilgari xalqimiz ehtiyoji uçun zarur bölgan don sobiq ittifoqning boşqa Pespublikalaridan olib kelingan bölsa, mustaqillik yillarida Özbekiston xalqining donga bölgan ehtiyojini qondiriş böyiça tub islohotlar amalga oşirildi. Jumladan, aholi uçun qöşimça tomorqa yerlari ajratib berildi va xöjaliklarda ğalla yetiştirişga eʼtibor kuçaytirildi.
Mustaqillik yillarida qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilgan islohotlar natijasida Özbekiston nafaqat özini özi ğalla bilan taʼminlovçi, balki, uni eksport qiladigan davlatlar qatoriga kirdi.
Mamlakatimizda erişilgan bunday yutuqlarda tumanimiz mehnatkaşlarining ham munosib hissalari bor. Mana bir neça yildirki, tumanimizda faoliyat körsatayotgan 300 dan ziyod fermer xöjaliklari ğalla yetiştiriş böyiça şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajarib kelişmoqda. Joriy yilda ham bu anʼana davom ettirildi.
Bu yilgi mehnat zafariga tuproq va iqlim şaroitimizga mos ğalla navlarining yaratilgani, ularning hosildorligini oşiriş borasida olib borilgan ilmiy izlanişlar muhim asos böldi. Yaratilayotgan istiqbolli navlar, fermerlarning fidokorona mehnati, ğalla yetiştirişdan manfaatdorlikning ortişi, moddiy texnik bazaning mustahkamlanişi hamda bu işlarning davlatimiz tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani sohani jadal rivojlantiriş imkonini bermoqda.
2019-yil hosili uçun ötgan yilning kuz oylarida tumanimizda 328 ta fermer xöjaliklarida 3 ming 350 gektar yerga kuzgi buğdoy ekilgan edi. Ilğor va tajribali ğallakorlarimiz buğdoyni ekişdan boşlab, uni agrotexnika qoidalari asosida parvarişlaş işlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşirdilar.
Vegetatsiya davrida buğdoy maysalari bir neça marta qondirib suğorildi. Kuzgi buğdoy ekinlarini suğoriş işlarini töğri taşkil qiliş maqsadida suğoriş otryadlari taşkil etilib, bu işga fermer xöjaliklari suvçilari jalb etildi.
Ğallani oziqlantiriş davrida har gektar yerga 5 tonnadan mahalliy öğit berildi. Şu bilan birgalikda begona ötlarga qarşi gerbitsidlar işlatildi va zararkunandalar tarqalişining oldini oliş çoralari körildi.
Hamjihatlikda bajarilgan bu kabi agrotexnik tadbirlar öz samarasini berdi. Dalalarimizda közlangan darajadagi buğdoy hosili yetiştirildi.
Buğdoy örim-yiğimi boşlanişidan oldin tuman böyiça 13 ta otryad taşkil etilib, ularga bittadan kombaynlar biriktirildi. Şuningdek, örim-yiğim mavsumida jami 150 tadan ortiq, şu jumladan, 58 ta taşiş texnikalaridan samarali foydalanildi.
Joriy yilning 18-iyun kuni tumanimiz ğallakorlari davlat xirmoniga 7 ming 295 tonna buğdoy hosilini topşirib, özlarining şartnomaviy rejalarini muvaffaqiyatli ado etdilar.
Bu yil ğalla yetiştirişda Qiliçboy, Tölqin va Bözyop ovullaridagi fermer xöjaliklari peşqadamlik qildilar.
Öndan ortiq fermer xöjaliklari har bir gektar yerdan 60-70 tsentnerdan ğalla hosili olişga erişdilar.
Ayni kunda tumanimizda hosildan böşagan dalalarni peşma-peş şudgorlaş, takroriy ekin ekiş işlari amalga oşirilayapti. Şu kungaça ming gektardan ortiq yer şudgor qilindi va 800 gektar yerga takroriy ekinlar ekildi.
Fursatdan foydalanib, mirişkor dehqonlarimizni mehnatdagi yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi işlariga omad tilaymaniz.
Xirmoningizga baraka, aziz ğallakorlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶