“MAHALLA SPORT HAFTALIGI” DOIRASIDA MUSOBAQALAR OʻTKAZILDI
Tumanimizda sportning ommaviyligiga erishish, yoshlarning sport turlari bilan shugʻullanishlarini ragʻbatlantirish, iqtidorlilarni aniqlash maqsadida “Mahalla sport haftaligi” oʻtkazilmoqda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamkorligida oʻtkazilayotgan haftalikning shu yil 22-iyun kuni boʻlib oʻtgan tadbirida 12 -14 yoshli oʻgʻil bolalar sportning futbol turi boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqada Toʻlqin, Qipchoq, Arna boʻyi, Xolimbeg, Qizilcholi, Oq oltin, Beruniy, Chordara kabi ovul va mahallalar yosh futbolchilari oʻzaro kuch sinashdilar.
Mangʻit shahridagi Navoiy nomli mahalla hududidagi mini futbol maydonchasida tashkil etilgan musobaqada Beruniy nomli mahalla futbolchilari birinchi, Qipchoq shaharchasi futbolchilari ikkinchi, Xolimbeg ovuli futbolchilari uchinchi oʻrinni egalladilar.
Yosh futbolchilar uchun qobiliyatlarini namoyish etish uchun oʻziga xos imkoniyat yaratgan musobaqaga 127 nafar yoshlar qamrab olindi.
Shu kuni haftalik doirasida “ Otam, onam va men – sportchi oila musobaqasi ham oʻtkazildi.
Har bir oilada jismonan baquvvat, mustahkam irodali, aqlan barkamol avlodni voyaga yetkazish, bu borada taʼlim muassasasi, mahalla va oila hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqa juda qizgʻin va taassurotlarga boy boʻldi.
Musobaqada 30 – 45 yoshlar atrofidagi 8 ta oila aʼzolari oʻzaro bellashdilar.
Natijalarga koʻra Choykoʻl ovulidagi Shoymirzayevlar oilasi birinchi, Ayoqchi mahallasidan Japaqovlar oilasi ikkinchi, Oybek mahallasidan Rahmatullayevlar oilasi uchinchi oʻrinni egallashdi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan ragʻbatlantirildi.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶