Oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni DXM orqali topshiring!
HURMATLI ABITURIYeNTLAR !
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan abituriyentlar uchun oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda yana bir imkoniyat va qulayliklar yaratildi. Bundan buyon abituriyentlar oʻzlari yashab turgan hududdan uzoqlashmagan holda oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Hozirgi kunda abituriyentlardan barcha shahar va tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari, shuningdek, olis hududlarda joylashgan markazlar chaqobchalari orqali ham hujjatlarni qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.
Yaratilgan bunday imkoniyatlar oʻz navbatida abituriyentlarning qimmatli vaqti va qarajatlarining tejalishini taʼminlaydi.
Masalan, Amudaryo tumanining Doʻrman OFY Qoramon MFYda yashovchi abituriyent bundan buyon 130 km olisda joylashgan Nukus shahriga kelib yurmasdan, shu hududda joylashgan Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirish imkoniyatiga ega boʻldi.
Oʻzbekiston Reuspublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun Amudaryo tumanida hujjatlarni qabul qilish
REJASI
Olis xududlar nomi
Amalga oshirish muddatlari
1. Qilichboy OFY, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 29-iyun 2019-yil
2. Bobur OFY, Amudaryo melioratsiya kasb-hunar kolleji 3-iyul 2019-yil
3. Qipchoq OFY, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji 6-iyul 2019-yil
4. Nazarxan OFY, 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 9-iyul 2019-yil

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶