Amudaryo tumanida bosh prokuror oʻrinbosari E.Tajiyevning sayyor qabuli oʻtkazildi
Muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishning yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda. Sayyor va ommaviy qabullar orqali barcha turdagi rahbarlar xalq bilan yanada yaqinlashib, mavjud muammolarning aniq yechimi topilmoqda.
26-iyun kuni tumanimizda Oʻzbekiston Pespublikasi bosh prokurori oʻrinbosari E.Tajiyevning sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokurori X.Karimov, Prezidentning Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi Xalq qabulxonasi boshligʻi H.Halimov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova, tuman hokimi S.Yoʻldashev hamda davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari qatnashishdi.
Sayyor qabulda aholi murojaati mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan qabul qilindi. Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, ichki ishlar, prokuratura, sudlar, qishloq xoʻjaligi, soliq, bojxona va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi va ularga yechim izlandi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi. Aholi bilan ochiq muloqot mobaynida maʼlum muddat, yaʼni atroflicha oʻrganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabuldan soʻng, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat - pasportlar topshirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶