MAHALLADA 3-SEKTOR RAHBARINING SAYYoR QABULI OʻTKAZILDI
3-iyul kuni Mangʻit shahridagi Boy ovul mahallasida 3-sektor rahbari Dilshodbek Ibragimov sayyor qabul oʻtkazdi.
Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan ushbu sayyor qabulda dastlab 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, polkovnik Dilshodbek Ibragimov ayni kunda Amudaryo tumanida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarda osoyishtalikni saqlash, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Shundan keyin mahalla fuqarolarining murojaatlari, baʼzi masalalar yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalari, taklif va istaklari tinglandi.

Sayyor qabulda mahalla fuqarolaridan Allambergan Jumaniyozov mahallada elektr energiyasi taʼminotidagi, Qozoq Bobojonov mahallaning ichki yoʻllaridagi, Ahmad Allaqulov bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga joylashtirish borasidagi muammolar haqida va Roʻzmat Rajabov Mangʻit shahrini obodonlashtirish ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻyish borasida oʻzlarining iltimoslarini, fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, Farhod Oymonov ish bilan taʼminlanishiga yordam berishni iltimos qildi.
Sayyor qabulda 3-sektor rahbari Dilshodbek Ibragimov mahalla fuqarolari tomonidan tilga olingan muammoli masalalarni hal qilish yuzasidan tegishli idoralar rahbarlariga topshiriqlar berdi va bu masalalar sektor rahbarining doimiy nazoratida boʻlishini maʼlum qildi.
Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov ishtirok etdi.
M.XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶