Profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan 13 nafariga velosipedlar topshirildi
“Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qaroriga koʻra «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlari tugatilib, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari lavozimi joriy etildi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatish asosiy vazifa qilib belgilangan yordamchilar endilikda biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasayishi uchun ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida koʻrishda yaqindan koʻmak berishadi.
Barcha ovul va mahallalarda ish boshlagan profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari ish samaradorligini oshirishda oʻz hissalarini qoʻshib, xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan bajarishmoqda. Hududlarda profilaktik targʻibot tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etib, xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashishmoqda.
5-iyul kuni tuman Ichki ishlar boʻlimida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarlari, profilaktika inspektorlari hamda ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarlari Umid Oʻrozaliyev va Aziz Qurboniyozovlar mamlakatimizda jinoyatchilikning ildiziga bolta urish, huquqbuzarliklarni erta aniqlab, barvaqt oldini olish borasida huquqiy asos hamda tashkiliy tuzilma zamirida ishchan mexanizm yaratilganini taʼkidlashdi. Profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari lavozimining joriy etilishi ish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlayotganini aytib oʻtishdi. Shundan soʻng, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan 13 nafariga xizmat davrida foydalanishlari uchun velosiped topshirildi.
Inspektorlar yordamchilari oʻz hududlarida osoyishtalikni taʼminlash, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi vazifalarini bajarishda qulaylik yaratadigan bunday ragʻbatdan nihoyatda mamnun boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶