Amudaryolik Matniyozovlar oilasi "Omad-shou" teleoʻyinida "Spark" avtomobilini yutib oldi
Tosh yop ovulida yashovchi Xudoybergan Matniyozov “Jesko” sharbatini xarid qilib, "Mening yurtim" telekanali orqali namoyish etiladigan "Omad-shou" yutuqli oʻyini ishtirokchisiga aylandi. U oilasi bilan mazkur teleoʻyinda qatnashdi.
12-iyul kuni Toshkent shahrida "Mening yurtim" telekanali studiyasida boʻlib oʻtgan "Omad-shou" teleoʻyinida Amudaryolik Matniyozovlar oilasiga omab kulib boqdi va ular "Spark" avtomobilini yutib olishga muvaffaq boʻldi.

25-iyul kuni teleoʻyin boshlovchisi Botir Imomxoʻjayev Amudaryoga kelib, avtomobilni yutuq egasiga topshirdi. Shu munosabat bilan Tosh yop ovul fuqarolar yigʻini tomonidan ovulda katta tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yigʻini masʼullari, yoshi ulugʻ nuroniylar va qoʻni-qoʻshni, qarindosh, doʻst-u birodarlar Matniyozovlar oilasini bu katta yutuq bilan qutlashdi.
Gulshod Sobirova,
Tosh yop ovul fuqarolar yigʻini raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶