OʻzMTDP tuman Kengashining navbatdagi XII Plenumi oʻtkazildi
Tuman hokimligining kichik majlislar zalida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi XII Plenumi boʻlib oʻtdi.
26-iyul kuni oʻtkazilgan Plenumda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati M.Ahmedova, OʻzMTDP Qoraqalpogʻiston Kengashi Ijroiya Qoʻmitasining Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi Aygul Oteniyazova, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, boshlangʻich partiya tashkilotlari yetakchilari, partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Plenumni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi deputati Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi.
Kun tartibida partiyaning tuman Kengashi va deputatlik guruhining oʻtgan 6 oy davomidagi faoliyati yakunlari hamda ikkinchi yarim yillikda bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar asosiy masala qilib belgilab olindi. Bu boʻyicha soʻzga chiqqanlar partiya saylovoldi Platformasida belgilangan vazifalar ijrosi, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarish, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasida muhim qarorlar qabul qilish kabilar toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Shuningdek, partiya tizimida fuqarolar, saylovchilar va elektorat bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilinishi kerakligi, ana shu muhim ishda partiya guruhlari aʼzolarining faol ishtiroki taʼminlanishi lozimligi taʼkidlandi.
Hisobot maʼruzasida uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, “Ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, nogironligi boʻlgan, vaqtincha ishsiz xotin-qizlar uchun qoʻshimcha bepul kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha “Xizmat - beminnat” loyihasi doirasida oʻtgan 6 oy davomida tuman boʻyicha 10 ta bepul oʻquv kurslari tashkil qilingani, oʻquv kurslarida 60 nafarga yaqin uyushmagan yoshlar va xotin-qizlarga qoʻshimcha bepul kasb-hunar oʻrgatilgani, “Uyma-uy” loyihasi doirasida oʻtgan davrda jami 35 dan ziyod xonadonlarga tashrif buyurilgani, uchrashuvlar natijasida 10 nafarga yaqin yoshlar va xotin-qizlar ishga joylashtirilgani, shuningdek, bir qancha yoshlar va xotin-qizlarga imtiyozli kredit olinishiga amaliy yordam koʻrsatilganiga keng toʻxtalib oʻtildi.

Oʻtgan davr mobaynida fuqarolar tomonidan partiya tuman Kengashiga jami 35 murojaat kelib tushganligi, asosan sogʻliqni saqlash, bandlik, bank kreditlari, kommunal toʻlovlar va boshqa sohalar boʻyicha kelib tushgan murojaatlardan 28 tasi ijobiy hal qilingani, 6 tasi boʻyicha huquqiy maslahat berilgani, 1 tasi esa oʻrganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilganligi haqida hisobot berildi.
Elektorat manfaatlarini himoya qilish maqsadida Joʻqorgʻi Kenges va xalq deputatlari tuman Kengashiga OʻzMTDPdan saylangan deputatlar 13 ta deputatlik soʻrovi amalga oshirilgan, partiya deputatlik guruhi tomonidan 4 nafar mansabdor shaxslarning hisobotlari tinglangani, tuman Kengashi sessiyalariga 2 ta masala kiritilgani aytib oʻtildi.
Plenumda bu koʻrsatkichlar OʻzMTDP guruhlarining davlat va jamiyat hayotiga oid masalalarni hal qilishida yetarli emasligi, deputatlar oʻz vakolatlaridan samarali foydalangan holda tashabbuskorlikni yanada oshirishlari lozimligi haqida soʻz yuritildi.
Plenum soʻnggida partiya safiga yangidan aʼzolar qabul qilindi. Oʻtgan 6 oy davomida deputatlik faoliyatida yaxshi natijalarga erishganligi uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Gulmirza Bobojonov, Rimboy Oʻrozboyevlarga partiyaning Qoraqalpogʻiston Kengashi tomonidan tayyorlangan faxriy yorliqlar topshirildi.
Kun tartibidagi masalalar toʻliq koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yulduz Oʻrinboyeva,
OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶