17-18-avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan 2019-yilning 15-30-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb eʼlon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda. Shuningdek, farmoyish bilan 17-18-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish belgilandi.
Umumxalq xayriya hashari obodonlashtirish va tozalik oyligi doirasida va Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik arafasida tashkil etiladi. Hashar doirasida uylar atrofidagi hudud, koʻchalar, bozorlar, xiyobonlar va istirohat bogʻlari tartibga solinadi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar doirasida daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish, mahalla va turarjoylardagi ariqlarni tozalash, ziyorat va qabristonlar hamda ularning atrofidagi hududlarni tartibga keltirish kabilar amalga oshiriladi.
Bayram arafasida obodonlashtirish ishlari boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etilib, qator madaniy va maishiy inshootlar, yangi savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlari foydalanishga topshiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar! Eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish va oʻzimiz yashayotgan ovul yoki mahalla, oʻzimiz mehnat qilayotgan muassasa, korxona va tashkilot binosi, xonadonimiz va koʻchamiz tozalini hamda ozodaligini taʼminlash maqsadida hasharda faol qatnashaylik!
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶