Aholini ruyxatga olishning zarurati nimada?
Mamlakatimizda oxirgi marta 1989-yilda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilgan. Bu esa demografiya va migratsiyadagi oʻzgarishlar, aholi soni, yoshi, jinsi, tarkibi, hududlardagi aholining joylashuvi va boshha ijtimoiy-demografik maʼlumotlarni qoʻllashda cheklovlarni keltirib chiqarmokda.
Shu kabi jihatlar inobatga olingan holda Prezidentimizning 2019-yil 5-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida 2022-yilda mamlakatimizda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi va bunga davlat statistika qoʻmitasi vakolatli organ sifatida belgilandi.
Farmonda aholini roʻyxatga olishda xorijiy tajriba, zamonaviy texnologiya va uslublardan foydalangan holda aholining yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, hayot darajasi, millati, fuharoligi, bandligi va boshha demografik jihatlarni aniq hisoblash vazifasi yuklatilgan. Buning natijasida aholi farovonligi, bandlik, ish oʻrinlari yaratish, barqaror rivojlanish milliy maqsadlari indikatorini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish borasida davlatning uzoq va qisqa muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi.
Roʻyxatga olishda respublika hududida yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalharo taqqos imkonini beradigan yaxlit maʼlumotlar yagona statistik uslublar asosida yigʻiladi.
Ushbu tadbir mamlakatda yashovchi aholiga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini oʻz ichiga olib, aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi. Kelgusida rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʻrsatish, siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish imkonini beradi.
Boshqacha aytganda, aholini roʻyxatga olish nafaqat statistik maqsadlar, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini bashorat qilish vositasi hamdir.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶