Tibbiyot xodimlari epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilgan brifingda qatnashishdi
Respublikamizda 12-21-avgust kunlari “Farzandlarimizni virusli gepatit A kasalligidan asraylik” shiori ostida ommaviy tashviqot-targʻibot tadbirlari tashkillashtirildi. Virusli gepatitning A turi bilan kasallanishning oldini olish maqsadidagi tadbirlar tumanimizda ham oʻtkazildi.
Tuman Tibbiyot birlashmasi majlislar zalida epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha 2018-2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturining ijrosini taʼminlash boʻyicha brifing oʻtkazildi. Unda Tibbiyot birlashmasi, DSENM xodimlari, Xalq taʼlimi boʻlimi vakillari, umumiy amaliyot shifokorlari, patronaj hamshiralar, MTM xodimlari, hamshiralari qatnashishdi.
Brifingda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi DSENMning epidemiolog shifokori K.Rajapova, Qoraqalpogʻiston DSENM epidemiologiya boʻlimi mudiri T.Turekeshovlar virusli gepatit A yuqumli kasalligi boʻyicha epidemiologik vaziyat va davlatimiz tomonidan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi vaktsina yoʻlga qoʻyilganligi haqida aytib oʻtishdi. Shuningdek, eng samarali usul vaktsinatsiya ekanligi, uni aholiga keng tushuntirish lozimligi taʼkidlandi.
Brifing davomida epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar ham berildi.
Gulshod Tajiboyeva, tuman DSENM
epidemiologiya boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶