Amudaryoda Oʻzbekiston Pespublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirokida seminar oʻtkazildi
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan shu yil 21-iyun kuni boʻlib oʻtgan Oliy majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida belgilab berilgan vazifalar hamda Xotin-qizlar qoʻmitasining joylardagi boʻlinmalari faoliyatini tizimli tashkil etish boʻyicha berilgan topshiriqlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



26-avgust kuni Qipchoq ovulidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh Vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Bositxonova va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi S.Yoʻldashev, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova hamda mutaxassislar, mutasaddi idora-tashkilotlar rahbar va masʼul xodimlari qatnashishdi.



Seminarda Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilada maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda hal qilinishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan muhim vazifalar topshirildi. Shuningdek, Daryo boʻyi mahallasi namunasida koʻrsatilib, har bir ovul va mahallada 30 nafar ayoldan iborat 5 ta guruh tuzilishi kerakligi, uning tarkibiga eng faol, obroʻli ayollar, uy bekalari, shifokorlar, oʻqituvchilar, tadbirkorlar va olimalar kiritilishi lozimligi aytildi. Undan tashqari, uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar, ularning oilalaridagi muammolarni jamoat tashkilotlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda oʻrganib, hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar qoʻmitasining mahalladagi boshlangʻich tashkiloti qayta tashkil etilishi va uning ishini faollashtirish, har shanba kuni boshlangʻich tashkilotning tahliliy soatini oʻtkazish, fuqarolar yigʻinlari mutaxassislari orqali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi ham tushuntirib oʻtildi.



Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berib borildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶