Virusli gepatit A kasalligi zararli oqibatlarni keltirib çiqaradi
Xalq orasida “sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit “A” kasalligi jigarning jarohatlanişi bilan keçadigan yuqumli kasallikdir.
Kasallik asosan kasallikka çalingan bemorlardan va iflos qöl bilan ovqatlanişdan, meva-sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilinganda, suv qaynatmay içilganda, isteʼmolga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga paşşalarning ötirişi oqibatida yuqişi mumkin.
Kasallikning belgilari tana harorati kötarilişi, holsizlik, qorinda oğriq, iştahasizlik, köngil aynişi, qusiş, peşob rangining özgarişi, öng qovurğa ostida oğriq bölişi va teri rangining sariq tusga kirişida ifodalanadi.
Şu bilan birga yuqumli sariq kasalligiga çalingan bolalarda uzoq muddat jismoniy harakatdan çeklaniş, parhezga rioya qiliş, jigar faoliyatini qayta tiklaş uçun köplab dori vositalarini qabul qiliş, umuman bemor töliq tuzalmagunça unga alohida eʼtibor hamda parvariş talab etiladi. Natijada, oila aʼzolari bundan moddiy va maʼnaviy zarar köradi, ota-ona farzandining xastaligini körib turib har soniyada aziyat çekadi.
Kasallik yuqmasligi uçun bolalarni şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etişga örgatiş, qöllarni sovunlab yuvişga odatlantiriş, meva-sabzovotlarni yuvib isteʼmol qilişga örgatiş, bolalarda barmoqlar, öyinçoqlar va boşqa turli buyumlarni oğizga soliş, qöllarni söriş, tirnoqlarni tişlaş kabi odatlar şakllanişga yöl qöymaslik kerak. Undan taşqari, suvni qaynatilgan holda içiş, bemorlarning idiş-tovoqlari, öyinçoqlari va boşqa maişiy buyumlarini zararsizlantiruvçi vositalar yordamida muntazam ravişda yuvib turiş, hojatxonalarni zararsizlantiruvçi vositalar yordamida muntazam artib turiş ham tavsiya etiladi.
Şu bilan birga mutaxassis şifokorlar tavsiyasiga köra, kasallikning oldini olişda eng samarali himoya vositasi – emlaş hisoblanadi.
Gulşod Tajiboyeva, tuman DSENM
epidemiologiya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶