Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligiga qarşi taktik öquv maşqi ötkazildi
Bahor mavsumi kirib kelişi bilan çorva mollaridan odamlarga yuqişi mumkin bölgan ayrim yuqumli kasalliklar xavfi ham ortib boradi. Ayniqsa, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tabiiy öçoqli va xavfli infektsiya sifatida soha mutaxassislari, tibbiyot xodimlari hamda aholi eʼtiborida bölişi zarur.
Şularni inobatga olgan holda Amudaryo tumanida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga qarşi kuraşiş böyiça maxsus taktik öquv maşqi ötkazildi. Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi, Tibbiyot birlaşmasi, Favqulodda vaziyatlar bölimi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi, Obodonlaştiriş boşqarmasi, Içki işlar bölimi xodimlari, şuningdek, fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etdi.
Mazkur tadbirdan közlangan asosiy maqsad — kasallik aniqlangan vaziyatda mutasaddi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş, tezkor harakat qiliş mexanizmlarini sinovdan ötkaziş va aholi xavfsizligini taʼminlaşdan iborat böldi.
Maxsus taktik öquv maşqini Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Zafar Ahmedov oçib berdi. U öz nutqida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qayd etilgan taqdirda hamkor taşkilotlar bilan birgalikda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar haqida atrofliça tuşuntiriş berdi. Taʼkidlanganidek, bunday holatlarda har bir xizmatning vazifasi aniq belgilab olinişi, tezkor axborot almaşinuvi va muvofiqlaştirilgan harakat muhim ahamiyat kasb etadi.
Öquv maşqining nazariy qismi Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi xodimlari iştirokida ötkazildi. Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiolog vraçi Durbek Babajanov sözga çiqib, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi, profilaktikasi hamda epidemiyaga qarşi kuraşiş çora-tadbirlari haqida maʼlumot berdi. Şundan söng Amudaryo tumani Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimi Bahodir Bekçanov hayvonlarda uşbu kasallikning epizootik xususiyatlari va profilaktika çoralari töğrisida söz yuritdi.
Tadbir davomida kasallikning asosiy belgilari, uning oldini oliş va davolaş çoralari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar taʼkidlaganidek, yuqori harorat, umumiy holsizlik, boş va muşak oğriqlari, köngil aynişi, ayrim hollarda qon ketiş alomatlari kasallikka şubha uyğotişi mumkin. Bunday vaziyatda özboşimçalik bilan davolanişga uriniş emas, balki zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qiliş hayotni saqlab qolişda muhim omildir.
Nazariy qismdan keyin Boğ mahallasi hududida amaliy maşğulotlar taşkil etildi. Unda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qayd qilinganida epidemiyaga qarşi kuraşiş böyiça amaliy harakatlar namoyiş etildi. Jumladan, şartli ravişda kasallik alomatlari aniqlangan holat sahnalaştirilib, bunday paytda favqulodda vaziyatlar tizimi, tibbiyot, veterinariya va boşqa xizmatlarning harakatlaniş tartibi amalda körib çiqildi. Bu esa real şaroitda yöl qöyilişi mumkin bölgan kamçiliklarni oldindan aniqlaş va ularni bartaraf etişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Amaliy maşğulotlarda şartli bemorni kana çaqqan holatda unga körsatiladigan birinçi tibbiy yordam tibbiyot xodimlari tomonidan körgazmali tarzda namoyiş qilindi. Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari esa kasallik öçoği sifatida belgilangan xonadon, hovli va çorva mollari saqlanadigan joylarda dezinfektsiya işlarini amalga oşirdi. Şu orqali kasallik tarqalişining oldini olişda sanitariya qoidalari va dezinfektsiya tadbirlarining naqadar muhim ekani yana bir bor körsatib berildi.
Mutaxassislar aholiga kasallikdan saqlaniş böyiça qator tavsiyalar berdilar. Xususan, çorva mollari va ular saqlanadigan joylarni muntazam nazorat qiliş, kanaga qarşi işlov beriş, himoya kiyimlaridan foydalaniş, tanaga kana yopişib olgan holatda uni ehtiyotsizlik bilan uzib taşlamaslik, balki darhol şifokorga murojaat qiliş zarurligi uqtirildi. Şuningdek, kasallik aniqlanganida birinçi navbatda tibbiyot muassasasiga xabar beriş, bemorni alohidalaştiriş va mutaxassislar körsatmasiga qatʼiy amal qiliş lozimligi taʼkidlandi.
Maxsus taktik öquv maşqi söngida unda qatnaşgan barça sohalar masʼullari va xodimlari yöl qöyilgan kamçiliklarni muhokama qildilar. Qayd etilganidek, bu kabi tadbirlar real vaziyatlarda favqulodda yordam xizmatlarining aniq, tezkor va tartibli harakat qilişini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, bunday öquv maşqlari aholi salomatligini muhofaza qiliş, xavfli yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş va soha idoralari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶