“NAMUNA” MAHALLASI AHOLISI TUMAN HOKIMI S.YOʻLDAShEVGA MINNATDOPChILIK BILDIPADI
Mustaqillik ayyomi – xalqimiz hayotida roʻy berayotgan beqiyos oʻzgarishlar, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan har birimiz uchun qadrli, eng aziz va eng ulugʻ kun. Ayniqsa, soʻnggi ikki-uch yil ichida erishilgan yutuqlar, ijtimoiy muammolarni hal etish borasidagi Prezidentimiz tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan tashabbuslar xalqimiz turmushini tubdan oʻzgartirib yubordi. Buni mamlakatimizning chekka hududlaridan boʻlgan bizning tumanimiz xalqi hayotida ham yaqqol koʻrish mumkin. Qurilayotgan yangi-yangi imoratlar, keng va ravon koʻchalar, kun sayin obod boʻlib borayotgan ovul va mahallalar buning yaqqol isbotidir. Ayniqsa, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilayotgani”, muammolar joyiga chiqib oʻrganilayotgani va oʻz yechimini topayotgani bizga quvonch bagʻishlaydi.
Pensiya va nafaqalari, ish haqlari oʻz vaqtida berilayotganidan, bozorlarimizda narx-navo meʼyordaligi va toʻkin-sochinligidan xalqimiz qalbida ham quvonch, ham hayotdan rozilik kayfiyati mujassam.
Mustaqillik bayrami arafasida bizning “Namuna” MFY aholisi hayotida ham quvonchli voqea yuz berdi. Tumanimiz hokimi S.Yoʻldoshevning amaliy yordami bilan mahallamiz aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniga ega boʻlgan katta kuchlanishli podstantsiya oʻrnatilib, foydalanishga topshirildi. Bungacha tinimsiz elektr toki yetishmovchiligidan qiynalib kelayotgan mahallamiz aholisi uchun bu Mustaqillik bayramiga katta sovgʻa boʻldi. Elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar barham topganidan mahallamiz aholisining quvonchi cheksiz.
Biz fursatdan foydalanib, aholi hayotiga doir muammolarni hal etishdagi eʼtibor va gʻamxoʻrligi, mamlakatimizda xalqparvarlik tamoyilini davlat siyosati darajasiga koʻtargani uchun muhtaram Prezidentimizga, tumanimiz hokimi S.Yoʻldashevga “Namuna” mahallasi aholisi nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz va xalqimizning chin dildan tashakkurini izhor etamiz.
Cheksiz minnatdorchilik va samimiy ehtirom ila “Namuna” MFY raisi K.Yusupov, “Namuna” MMTP raisi O.Jumaniyozov, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidining “Namuna” MFY vakili (imomi) F.Avezov, “Jangalbogʻ” aholi punkti koʻcha boshchisi Tursunboy Shoniyozov va barcha mahalla faollari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶