OVUL FUQAROLAR YIGʻINLARI BINOLARI MUKAMMAL TAʼMIRLANIB, FOYDALANIShGA TOPShIRILDI
Mustaqillik bayrami arafasida ovul, mahalla va shaharchalarimiz obodonlashtirilib, koʻrkam qiyofa kasb etdi. "Obod qishloq" dasturi doirasida tumandagi 3 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari mukammal taʼmirlangani esa hududlar chiroyiga chiroy qoʻshmoqda.
4-sentyabr kuni Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini binosining mukammal taʼmirlashdan keyingi ochilish marosimi oʻtkazildi.
Marosimda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ishtirok qildi va ovul aholisini mustaqillik bayrami va ovul fuqarolar yigʻini binosining ochilish marosimi bilan tabrikladi.
Shundan keyin Choykoʻl OFY raisi Yaxshimurod Ahmedov, ovul nuroniylaridan Ahmad Madrahimov va Gulsara Kamolovalar soʻzga chiqishib, ovul hududida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, bayram arafasidagi quvonchli voqealar haqida gapirdilar, ovul aholisini mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdilar.
Marosim ishtirokchilari OFY binosida 248 mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan “Iqbol-Dilmurod” MChJ quruvchilariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Shu kuni mukammal taʼmirlashdan chiqarilgan Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini binosining ham ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Ovul fuqarolar yigʻini binosining ochilish marosimida sektor rahbari Javlon Muftullayev ishtirok qildi va ovul aholisini mustaqillik bayrami va bayram arafasida ovulda roʻy berayotgan quvonchli voqealar bilan muborakbod etdi. Shundan keyin ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov soʻzga chiqib, fuqarolar yigʻini binosida 263 mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan “Mangʻit stroy materiallari” MChJ quruvchilariga oʻz minnatdorchiligini izhor etdi.


Shuningdek, marosimda tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Norimov, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tuman boʻlinmasi rahbari Ashirboy Qoʻshayev, nuroniy Bekimmat Artiqovlar ham soʻzga chiqishib, ovul aholisini mustaqillik bayrami bilan tabrikladilar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶