Joriy yilning 8 oyida 1038 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi
Amudaryo tumanida “2019-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi”ga asosan joriy yilning 8 oyida rejadagi 1031 ta oʻringa 1038 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
“Bandlik” dasturiga muvofiq 2019-yilning 8 oyi davomida tumanda aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga 3480 nafar fuqaro murojaat qilgan. Shu davr mobaynida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan ushbu faol ish qidiruvchilardan 2031 nafari, yaʼni 58,4 foizi ishga joylashtirildi, 1089 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va 112 nafari qayta oʻqishga yuborildi.
Shuningdek, tuman hokimi qarori bilan tegishli korxona va tashkilotlar hisobidan 2019-yil uchun 81 ta ish oʻrinlarining eng kam miqdori – kvota belgilab qoʻyilgan boʻlib, 8 oy davomida 58 nafar fuqaro kvota oʻrinlariga ishga joylashtirildi.
Shu davr mobaynida tumanda 5 ta ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilib, ularda 293 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ushbu boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarida 156 ta korxona va tashkilotlar tomonidan fuqarolarga 838 ta ish oʻrinlari taklif etildi.
Yarmarkalarda 143 nafar shaxslarga ishga yoʻllanmalar berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶