FAXRIYLARGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
Yaqinda tumanimizdagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida esda qolarli tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir uzoq yillar ushbu taʼlim maskanida yoshlarga taʼlim –tarbiya berib kelgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulnora Davlatyorova, matematika fani oʻqituvchisi Guliston Vafoyevalarni pensiyaga kuzatishga bagʻishlandi. Albatta , bir jamoada ezgu maqsad yoʻlida hamjihatlikda mehnat qilgan, bir oila farzandlariday boʻlib qolgan safdoshlardan koʻngil uzib ketish ham oson emas. Buni ayniqsa pensiya yoshiga yetgan mehnat faxriylari sidqidildan his qilishadi.
-Pensiyaga kuzatganimiz bilan sizlar bilan xayrlashmaymiz.Sizlar taʼlim- tarbiya sohasidagi yillar davomida toʻplagan tajribalaringiz, mahoratingiz va bilimingizni yosh oʻqituvchilarimizga oʻrgatib, jamoamiz ning faxriy aʼzolari boʻlib qolishingizga ishonaman,-dedi ularni qutlugʻ pensiya yoshi bilan muborakbod etar ekan maktab direktori Inobat Nurimbetova.
Hamkasblar , oʻquvchilar tabriklaridan soʻng tadbir sababchilariga va yana bir tajribali muallim- pensiya yoshiga yetib, oʻz kasbini davom ettirayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Baxtiyor Shonazarovga maktab maʼmuriyatining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bir- birovga mehr – oqibat, hurmat- eʼtibor kabi azaliy qadriyatlarimiz ni oʻzida ifoda etgan tadbir barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Gulchehra QURBONBOYeVA, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶