FUQARO MUHOFAZASIGA OID KOʻRGAZMALI OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI
Shu yilning 10-sentyabrida Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinidagi Madaniyat markazida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumanimizdagi ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda koʻrgazmali “Mahalla fuqaro muhofazasi kuni” oʻquv-amaliy seminarini oʻtkazdi.




Tadbirga tumanimizdagi korxona tashkilot, muassasalar rahbarlari, mavjud 49 ta OFY, MFY raislari va profilaktika inspektorlari yordamchilari ishtirok etdi.


Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, mayor B.Nurmatov tadbirning oʻtkazilishidan koʻzlangan maqsad haqida gapirdi. Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi B.Qodirov hudud haqidagi umumiy maʼlumotlarni va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda “Mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalari aholini muhofaza qilishga qay darajada shayligi xususida yigʻilganlarga tushuntirib oʻtdi.








Shundan keyin ishtirokchilarga favqulodda holatlar sodir boʻlganda aholini muhofaza qilishda foydalaniladigan qidiruv-qutqaruv texnikalari, asbob-anjomlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, zilzila sodir boʻlib, bino ichida odam qolib ketganda, yongʻin kelib chiqqanda va tabiiy gaz quvuri yorilganda qanday ishlar qilinishi lozimligi mutaxassislar tomonidan amalda koʻrsatib berildi.











Koʻrgazmali oʻquv-amaliy seminar ishtirokchilari favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga oid koʻpgina bilimlarga ega boʻldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶