17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 12:49
Jamiyat 👁 533

AMUDARYo TUMANIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TAʼMINLASh YuZASIDAN BRIFING OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TAʼMINLASh YuZASIDAN BRIFING OʻTKAZILDI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi va tuman xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida imzolangan memorandum asosida Amudaryo tumanida 2019-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi taʼminlash dasturi asosida xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha joriy yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazining hisobot brifingi oʻtkazildi.

Tadbirda Mangʻit shahri va shahar atrofidagi mahallalarda yashayotgan, bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlar hamda fuqarolar yigʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

Brifingni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova kirish soʻz bilan ochdi va boshqarib bordi.

Tadbirda tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mutaxassisi Bogʻdagul Matmurotovaning hisboti tinglandi. Hisobotda koʻrsatilishicha 2019-yilda markazga murojaat qilgan 3480 nafar fuqarodan 2031 nafari ishga joylashtirilgan boʻlib, shundan 834 nafarini yoshlar, 1012 nafarini xotin-qizlar tashkil qilgan. Joriy yilda tumanda 5 ta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etilib, ularda ishtirok etgan 156 ta korxona-tashkilotlar tomonidan 838 ta  boʻsh ish oʻrinlari taklif etilgan va 143 nafar fuqaroga ishga yoʻllanmalar berilgan. Shundan 42 nafarini yoshlar, 29 nafarini esa ayollar tashkil etgan.

Brifing ishtirokchilarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi Siyosiy taʼlim boʻlimi mudiri Nasiba Toʻramurodova “Saylov kodeksi hamda saylovlar: gʻalaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida, soʻz yuritdi va tuman ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant Dilafruz Sharipova noqonuniy migratsiya, jinoyat kodeksi va odam savdosi haqida tushunchalar berdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi  apparat rahbari Muqaddas Beknazarova 2020-yilda mamlakatimizda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga yordamlar koʻrsatish nazarda tutilayotganligi, endilikda chet elda mushkul ahvolga tushib qolgan yordamga muhtoj mehnat migrantlarining “Labor migration” yagona mehnat tizimi doirasida masofaviy murojaat qilishlari mumkinligi haqida gapirdi.

Shuningdek, “Amu dizayni” masʼuliyati cheklangan jamiyatida faoliyat koʻrsatayotgan Gulzoda Yuldasheva tadbir ishtirokchilarini oʻz faoliyati bilan tanishtirib, dizayn boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinguniga qadar ishsiz qizlar uchun bepul master klasslar tashkil etilishini maʼlum qildi.

Brifing oxirida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

A.JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019