73 TA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHA OBʼEKTLARI VA 65 TA FUQAROLAR XONADONLARI IShONChLI QOʻRIQLANMOQDA
Hozirgi kunda Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi 1-Alohida otryadi texnik qoʻriqlash punkti tomonidan 73 ta obʼekt va 65 ta fuqarolar xonadonlari ishonchli qoʻriqlanmoqda. Bu yerda sohaviy xizmat faoliyatini yanada yaxshilash, uning samaradorligini oshirish, qoʻriqlash xizmatida ilgʻor texnologiyalardan foydalanish, qoʻriqlovdagi obʼektlar, ayniqsa aholi xonadonlari xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor berilayapti.
Texnik qoʻriqlash punkti tuman hududida faoliyat koʻrsatayotgan xalq xoʻjaligi idoralari, taʼlim muassasalari, bozorlar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida talon-tarojlik va oʻgʻirliklarning oldini olish, koʻp qavatli uylarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchiliklarning oldini olish maqsadida zamonaviy qoʻriqlov uskunalari va yongʻindan ogohlantiruvchi “tashvishgoh” vositalaridan koʻproq foydalanishni amaliyotga joriy qilayapti.
Keyingi yillarda qoʻriqlovga olingan obʼektlarda oʻgʻirliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi. Qoʻriqlov xizmati xodimlarining obʼektlarda turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi harakatlari tufayli qoʻriqlov xizmatiga boʻlgan ishonch tobora ortayapti va qoʻriqlovga topshirilayotgan obʼektlar soni tobora koʻpayib borayapti.
Yaqinda qoʻriqlov xizmati xodimlari koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari va “Farovon” mahallasi aholisi bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularda qoʻriqlash xizmati afzalliklari haqida tushunchalar berdilar.
Texnik qoʻriqlash punkti xodimlari oʻzlariga ishonib topshirilgan obʼektlarda xavfsizlikni taʼminlash, ularni ishonchli qoʻriqlashni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanmoqdalar.
Aziz XOLMURODOV, Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi
qoʻriqlash boshqarmasi 1-alohida otyardi komandiri
vazifasini vaqtincha bajaruvchi, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶