TANIQLI HOFIZLAR “AYTIShUV”GA ChIQDILAR
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy sanʼatining tarbiyaviy ahamiyatidan keng foydalanish, targʻib etish va zamonaviy, qardosh xalqlar qoʻshiqlaridan aholini bahramand qilish maqsadida tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan “Aytishuv” loyihasi qisqa fursatlarda oʻz muxlislariga ega boʻldi. Ayniqsa, loyiha Amudaryo telekanali orqali tasvirga olinib, muntazam namoyish etib borilayotgani mazkur dastur tumanimizdan tashqari boshqa hududlarda ham sanʼatsevarlarning eʼtiborini tortmoqda.
Shu yil 16-sentyabr kuni tumanimizdagina emas, balki respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelayotgan taniqli sanʼatkorlar, mumtoz ashulalarni maromiga yetkazib ijro qilib, el koʻnglidan joy olgan ikki nafar taniqli hofiz 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi murabbiyi Baxtiyor Joʻlliboyev va qishloq xoʻjaligi xodimi Chorsham Yaxshimurodovlar “Aytishuv” dasturida sahnaga chiqdilar.
Dastur dastlab mumtoz ashulalar ijrosidan boshlanib, ota-ona, Vatan, tinchlik, ezgulikni madh etuvchi, qardosh xalqlar qoʻshiqlarini, erkin mavzularda qoʻshiqlar aytish bilan davom etdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida boʻlib oʻtgan kontsert dasturini barcha tomoshabinlar zoʻr eʼtibor bilan tingladilar va sanʼatkorlarni olqishlab, ruhiy madad berib turdilar.
Jonli ijrodagi “Aytishuv” barchada oʻchmas taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶