Taniqli fotorassom Maxsetbay Xabibullayevning "Vatan yagona va muqaddasdir!" nomli fotokörgazmasi oçildi
Har yili 1-sentyabr sanasida nişonlanadigan mustaqillik kuni — bu şunçaki sana emas, balki xalqimizning asriy orzusi uşalgan kundir. Istiqlol şarofati bilan xalqimiz turmuşida buyuk özgarişlar röy bermoqda, şahar va qişloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etib, yurtdoşlarimiz turmuş tarzida har kuni ijobiy özgarişlar, yangilanişlar böy körsatmoqda.
Uşbu özgarişlar, yangilanişlardan ijodkorlar yanada zavq va ilhom oladi. Şu ilhom sababli yaralgan şoirlarning şeʼrlarida, rangtasvir ustalarining sanʼat asarlarida, fotomuxbirlar olgan suratlarda öz yurtiga bölgan çeksiz muhabbat mujassam böladi.
Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida Özbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça fotomuxbiri, Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi aʼzosi, "Vatan fidoyisi" va "Xalqlar döstligi" kökrak nişonlari sohibi, "Oltin qalam" XVII Milliy mukofoti uçun ötkazilgan xalqaro tanlovning "Eng yaxşi fotoreportaj" nominatsiyasi ğolibi, taniqli fotorassom Maxsetbay Xabibullayev fotokörgazmasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bağişlangan "Vatan yagona va muqaddasdir!" nomli körgazmadan muallifning mustaqillik yillarida Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir bölgan yangilanişlar, şahar va qişloqlarimizdagi özgarişlar, jamiyatimizda va xalq xöjaligining turli sohalarida amalga oşirilgan islohotlar hamda erişilgan yutuqlarni aks ettirgan 40 dan ortiq asari örin olgan.
Fotoreportaj, fotoxabar, fotooçerk, fotoetyud kabi bir qator janrlarda olingan rasmlardan iborat uşbu körgazmani taşkil etişdan asosiy maqsad Prezidentimizning joriy yil 10-iyuldagi "Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz tört yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida"gi qarori ijrosini taʼminlaş, sana munosabati bilan madaniy bayram keçalarini ötkaziş, ayniqsa keng jamoatçilikni, şu jumladan yoşlarni fidoyi ijodkor insonlarning Vatanga muhabbat tuyğularini tarannum etuvçi asarlari bilan yaqindan taniştirişdan iborat.
Fotokörgazmaning oçiliş marosimida Özbekiston rassomlar ijodiy uyuşmasi Qoraqalpoğiston bölimi boşliği Navröz Aytmuratov, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Qoraqalpoğiston bölimi boşliği, "Döstlik" ordeni sohibi Dovud Abibullayev, şuningdek, fotorassomning bir qator hamkasblari, qarindoşlari, şogirdlari va boşqalar sözga çiqib, ijodkorning jurnalistika va sanʼat sohalaridagi xizmatlari haqida töxtalib ötdilar.
Maxsetbay Xabibullayevning fotomateriallari Özbekiston Milliy axborot agentligining uza.uz saytida, "Yangi Özbekiston", "Xalq sözi", "Işonç", "Qişloq hayoti", şuningdek, mahalliy "Yerkin Qaraqalpaqstan", "Vesti Karakalpakistana", "Qoraqalpoğiston tongi", "Qaraqalpaqstan jaslari" kabi respublika naşrlarida muntazam eʼlon qilib kelinmoqda.
Uning fotorassom sifatida bir qança ijodiy işlari Özbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi tomonidan taşkil etilgan körgazmalarda namoyiş etilgan. 2020-yilda "Möynoq: keça va bugun", "Oltin kuz", "Kumuş qiş" kabi onlayn fotokörgazmalari hamda 2023-yil 15-oktyabrda "Xalqaro qişloq ayollari" kuniga bağişlangan "Qadri baland qişloq ayoli" nomli şaxsiy fotokörgazmalari şular jumlasidandir.
Bundan taşqari, 2024-yil avgust oyida Özbekiston Badiiy akademiyasiga qaraşli Toşkent Fotosuratlar uyida ötkazilgan "Möynoq: keça, bugun, ertaga" nomli, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bağişlangan fotokörgazmalardan ham ijodkorning bir qança suratlari örin olgan. Joriy yilda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ijodkorning "Hayot gultojisan, muqaddas ayol!" nomli fotokörgazmasi ham keng jamoatçilikka taqdim etilgan edi.
Navbatdagi fotokörgazmadan örin olgan eng ajoyib fotosuratlar iştirokçilarda katta taassurotlar qoldirdi. Tadbir söngida Nukus şahridagi 2-sonli madaniyat uyining isteʼdodli sozandalari tomonidan ijro etilgan jöşqin qöşiq va milliy kuylar ham mehmonlarga yanada kötarinki kayfiyat bağişladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶