Qadamboy Siylixonov ikkinçi mavsumda ham möl pilla hosili yetiştirdi
Pillaçilikni yetti xazinaning biri deyişadi. Buni yaxşi anglagan pillakorlar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ipak qurti parvarişiga alohida eʼtibor qaratadilar. Tumanimizdagi “Örozboy Yermonov” fermer xöjaligida ana şunday öz işining bilimdoni bölgan pillakorlar köp.
Qadamboy Siylixonov ança yilllardan beri tumanimiz kasanaçi pillakorlari orasida peşqadamlikni qöldan bermay keladi. U 2019-yilgi pillaçilik mavsumida 3 quti ipak qurti uruğini zooveterinariya qoidalari asosida parvarişlab, 170 kilogramm yuqori sifatli pilla hosili yetiştirgan edi. Qadamboy Siylixonov pillaçilikda yuqori sifatli hosil oliş omillaridan biri sifatida amaliyotga joriy etilgan ikkinçi pillaçilik mavsumida ham 10 gramm ipak qurti uruğini parvarişladi va 20 kilogarmm örniga 31 kilogramm hosil olib, zimmasidagi rejani 150 foizdan oşirib ado etdi. Bu bilan u tumanimiz iqlim şaroitida takroriy ipak qurti uruğini parvarişlaş mavsumida ham yuqori sifatli pilla yetiştiriş imkoniyati mavjudligini amalda isbotladi.
Qadamboy Siylixonov tomorqa xöjaligini yuritişda ham öziga xos tajribaga ega. 25 sotix tomorqa yerida alohida tartib bilan ekilgan mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlaridan har yili möl hosil oladi, oila daromadiga daromad qöşadi. Sigir-u buzoqlari, parrandalari esa rözğorning yanada tökin-soçin bölişini taʼminlanayotgani bekam-u köst, farovon yaşaşlari uçun zamin yaratmoqda.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶