OILANGIZ BILAN PAXTA TERIMIDA IShTIROK ETING VA “SPARK” AVTOMOBILINI YuTIB OLING
Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab paxta yigʻim-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Bu yil Amudaryo tumani boʻyicha 15 ming 250 gektar maydondan 32 ming 250 tonna paxta yigʻib-terib olish rejalashtirilgan.
Tumanimiz paxta dalalarida 360 ta terim otryadlarida 7 ming 630 nafardan ziyod fermer xoʻjaliklari pudratchilari va 13 ming 870 nafardan ziyod koʻngilli ravishda dalaga chiqqan uyushmagan aholi vakillari ishtirok etmoqda. Barcha terimchilarga qulay sharoitlar yaratilib, terilgan paxta pullari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinayotgani hasharchilar soni ortishiga, ish surʼatlarining yuqori boʻlishiga zamin boʻlmoqda.
Paxta hosilini kuzning yogʻin-sochinli kunlariga qoldirmay tez fursat ichida uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olish, terimchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ularning faolligini yanada oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi respublika boʻyicha “10 kunda eng koʻp paxta tergan oila” tanlovini eʼlon qildi.
27-sentyabridan 7-oktyabrgacha, 10 kun davomida oʻtkaziladigan mazkur tanlov shartlariga koʻra oila aʼzolari bilan birgalikda eng koʻp paxta tergan terimchilar tanlab olinib, Respublika ishchi komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va gʻoliblar aniqlanadi.
Har bir hudud boʻyicha eng koʻp paxta tergan 1 nafardan jami 3 nafar oilaga “Spark” avtomobili sovgʻa qilinadi.
Birinchi hudud, yaʼni Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Beruniy va Ellekqalʼa tumanlari boʻyicha ham eng koʻp paxta tergan oilaga “Spark” avtomobili sovgʻa qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz ham oila aʼzolaringiz bilan paxta terimida faol ishtirok qilib, moʻmay daromadga ega boʻling va “Spark” avtomobilini yutib olish imkoniyatini qoʻlga kiriting.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni 515-32-86 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, bilib olshingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶