“Hormang, paxtakorlar!” loyihasi doirasida ilgʻor terimchilar ragʻbatlantirilmoqda
Dalalarda paxta yigʻim-terim mavsumi qizgʻin pallada. Terimchilar mirishkor dehqonlar yetishtirgan moʻl hosilni nobud qilmasdan yigʻib olish harakatida.
Joriy yilda yigʻim-terim mavsumida 18-30 yoshlilar orasidan koʻngillilarni jalb qilish va bu orqali ularning ham moddiy manfaat koʻrishlarini taʼminlash maqsadida Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan “Fidoyi yoshlar otryadi” tashkil etildi. Unga 810 nafar vaqtincha ish bilan band boʻlmagan yoshlar jalb qilindi. Shuningdek, ularning hordiq chiqarishlari uchun yetarli sharoitlar yaratildi.
Ayni paytda otryad aʼzolaridan 150 nafari tumanimizning chekka hududida joylashgan Namuna mahalla fuqarolar yigʻinidagi fermer xoʻjaliklarida paxta terimida faol ishtirok etmoqda. Yurtimiz “oq oltin” xirmoni yuksalishiga hissa qoʻshayotgan yoshlar ilgʻorlikda barchaga namuna boʻlishmoqda.
Ittifoqning tuman Kengashi tomonidan “Hormang paxtakorlar” loyihasi tashkil qilinib, faol terimchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirib borilmoqda.
Muhiddin Oʻrozimbetov, Yoshlar ittifoqi
tuman Kengashi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶