Butunjahon vrachlar kuni munosabati bilan futbol musobaqalari tashkil qilindi
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkiloti va YuNESKO tomonidan oktyabr oyining birinchi dushanba kuni - Butunjahon vrachlar kuni deb eʼlon qilingan boʻlib, dunyo boʻyicha nishonlanib kelmoqda. 2019-yil bu sana 7-oktyabrga toʻgʻri keldi. Joriy yildan eʼtiboran bu sana Oʻzbekistonda xam nishonlanmoqda.
Butunjahon vrachlar kuniga bagʻishlab tuman Tibbiyot birlashmasi Kasaba uyushmasi va "Qizil yarim oy" jamiyati tuman boʻlimi bilan birgalikda tibbiyot xodimlari orasida futbol musobaqasi tashkillashtirdi va yakshanba - dam olish kuni futbol musobaqasi tadbirlari oʻtkazildi.
Musobaqada Tibbiyot birlashmasi shifokorlari, feldsherlari va texnik xodimlaridan iborat 4 ta jamoalar tuzilib, har biri jamoada 10 nafardan ishtirokchi qatnashdi.Gʻoliblarga tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Tumanimizning, Respublikamizning barcha shifokorlarini Butunjaxon vrachlar kuni bayrami bilan tabriklab, ularning masʼuliyatli ishlarida omad tilaymiz!
J.Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri,
I.Nurimbetov, "Qizil yarim oy" jamiyati tuman boʻlimi ijrochi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶