Bözsuv kanali 800 mln. söm mablağ evaziga rekonstruktsiya qilindi
“Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi joriy yilning boşida jami qiymati 13 mlrd. 250 mln. sömga yaqin bölgan tender savdolarida iştirok etib, ğolib bölgan edi. 2019-yil uçun uşbu mablağlarning 6,5 mlrd. sömdan ortiq qismi moliyalaştirilib, yil boşidan beri şu kungaça 6 mlrd. 420 mln. sömlik iş hajmi bajarildi. “K-1 Qipçoq”, “K-1 Qangli” kollektorlarini taʼmirlaş va tiklaş, Nukus tumanidagi “Darsan” suv isteʼmolçilar uyuşmasi hududida kollektorlarini quriş, Jumurtov ponton köprigining quyi qismida suv töğonlarini quriş kabi işlar şular jumlasidandir. Şuningdek, Amudaryo tumanidagi “Çilpiq”, “Berdaq”, Nukus tumanidagi “Kret özak” korrektorlarini taʼmirlaş va tiklaş, tumanimizdagi “K-1-7” kollektorini rekonstruktsiya qiliş, Bözsuv kanalini rekonstruktsiya qiliş va Manğit şahri içidagi kollektorlarni taʼmirlaş va tiklaş işlari ham “Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi tomonidan sifatli amalga oşirildi.
“Amudaryo davsuvmaxsuspudrat” DUKga Bözsuv kanalini rekonstruktsiya qiliş uçun jami 800 mln. söm mablağ ajratilişi közda tutilgan. Şundan joriy yilda 589 mln. söm mablağ ajratilib, şu kungaça kanalning 5 km. qismi töliq rekonstruktsiya qilindi.

Böz suv kanalidan tumanimizning Jumurtov, Jumur ovul, Oq oltin, Tölqin va Çoyköl ovul hamda mahallalari hududida joylaşgan aholi va fermer xöjaliklarining yer maydonlariga suv yetkazib beriladi. Jami uzunligi 15 km. bölgan, Amudaryodan suv olib, tumanimizdagi 4065 gektar yer maydonlariga suv yetkazib beruvçi mazkur kanalning rekonstruktsiyasi joriy yilning mart oyida boşlangan edi.
Korxona işçilarining hamjihatliklaridagi mehnatlari natijasida 7 oy içida rejadagi iş hajmi töliq bajarilib, mazkur kanalning suv ötkazuvçanlik darajasi bir neça barobar ortdi.
Kanal hududida qaziş işlarini olib boriş bilan birga kanalning 2,15 km., 9,7km., 1,26 km., 1,19 km. hamda 1,31 km. qismlariga suv inşootlarini quriş ham közda tutilgan. Mazkur işlar ham korxona tomonidan öz vaqtida va sifatli amalga oşirildi.

13-oktyabr kuni Bözsuv kanalning 9,7 km. kismidagi suv inşootining foydalanişga topşiriş marosimi ötkazildi. Unda tumanimiz hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman irrigatsiya, melioratsiya va qişloq xöjaligi sohasi xodimlari iştirok etdi.

Mazkur suv inşooti 210,8 mln. sömlik mablağ evaziga yangidan qurildi. Bözsuv kanalida qurilgan bu kabi yana 4 ta suv inşootlarining asosiy vazifasi suvni zarur miqdorda taqsimlaş hamda vegitatsiya davrida qişloq xöjaligi ekinlarini öz vaqtida suğoriş imoniyatini beradi. Şuningdek, suv inşootining işga tuşişi natijasida suğoriş işlari vaqtida daryodan kelayotgan suv maʼlum muddatga tösilib, belgilangan meʼyoriga yetganidan keyin hududdagi dalalarni elektr yoki dizel nasoslarisiz suğoriş imkoniyati paydo böladi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶