VPÇ – odam popilloma virusi haqida bilasizmi?
Ayollar salomatligi Özbekiston Respublikasi soğlikni saqlaş sohasining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Şu nuqtai nazardan baçadon böyni saratoni profilaktikasi va diagnostikasi, ayollarning reproduktiv salomatligini asraş masalalari mamlakatimizda ustuvor yönaliş hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-martdagi 2857-sonli «Özbekiston Respublikasi Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori, «SanPin epidemiologiya masalalari töğrisida»gi Qonuni va boşqa qonuniy hujjatlar talablarini bajariş hamda jahonning 102 mamlakatida VPÇ odam popilloma virusiga qarşi vaktsinani muvaffaqiyatli qöllaş maqsadida 2019-yilning noyabr oyida Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti va YuNISEF kömagida baçadon böyni saratoniga olib keluvçi VPÇ ga qarşi emlaş işlarini olib boriş belgilangan.
Baçadon böyni saratoni ayollar orasida tarqalgan saraton kasalliklari içida ikkinçi urinni egallaydi.
Xöş, baçadon böyni saratoni nima?
Baçadon böyni saratoni – bu xayot uçun xavfli kasallikdir. Agar vaqtida davolanmasa, bu kasallik baçadon içiga tomon ösib, ildiz taşlaşi mumkin. Ayrim vaziyatlarda saraton tananing boşqa qismlariga ham tarqaladi.
Baçadon böyni saratoniga VPÇ infektsiyasining surunkali keçuvçi maʼlum turlari sabab böladi, yaʼni, erta jinsiy aloqa, köp jinsiy şeriklar, tamaki isteʼmol qiliş oqibatida kasallik yuqadi va rivojlanadi.
VPÇ infektsiyasi köpinça belgisiz keçadi.
Kasallik belgilari asosan saraton rivoj olganda namoyon böladi. Baçadondan betartib qon ketişi holatlari, oyoq, bel, tos aʼzolarida oğriq paydo bölişi, çarçaş, vazn yöqotiş, iştaha sustligi, baçadon qinida diskomfort va hidli ajratmalar, oyoqda şişiş alomatlari kasallikning dastlabki belgilari hisoblanadi.
Kasallik rivoj olganda esa oğir kamqonlik, buyrak yetişmovçiligi, fistulalar, limfedema (şişiş paydo bolişi) kuzatiladi.
Tumanimizda 2010-yil 1-yanvardan 31-dekabrgaça bölgan oraliqda tuğilgan jami 1667 nafar qizlarni 2019-yil 21-oktyabrdan 1-noyabrga qadar VPÇ vaktsinasi bilan emlaş işlari rejalaştirilmoqda.
Hurmatli ota-onalar! Allohning marhamati bilan jismingizdan ungan farzandingizning kelajagiga beeʼtibor bölmang. Çunki bugungi qizlarimiz vaqt ötib, ulğayadilar, oila qurib, ona böladilar. Yaʼni, millatimiz onalari! Ularning soğligi esa barkamol avlod soğligidir. Şu bois, qizlarimizning salomatligi uçun har birimiz masʼul ekanimizni unutmaylik.
Dilbar ALLAMBERGANOVA,
TTB immunolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶