Amudaryoda Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi
BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil 18-dekabrdagi 62/136-sonli yigʻilishida 15-oktyabr sanasi “Xalqaro qishloq ayollari kuni” sifatida rasman belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekistonda ham endilikda bu sanaga adohida eʼtibor qaratiladigan va shu kuni joylarda qishloq ayollarini, ularning mehnatini sharaflovchi koʻngilochar tadbirlar oʻtkaziladigan boʻldi. Bunga Qishloq xoʻjaligi Vazirligining 15-oktyabr sanasini “Xalqaro Qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maʼqullangani asos qilib olindi.
Har yili keng nishonlanuvchi Xalqaro qishloq ayollari kuni jamiyatda ayollarning mehnati nechogʻli qadrli va alohida ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi. Bugun xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotir.
Qishloq ayollarini sharaflovchi tadbirlar tashkil etgan holda bu kunni bayram sifatida nishonlash mamlakatimizda xotin-qizlarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, xotin-qizlar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar natijalaridan biri hisoblanadi.
Tumanimizda ham 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Toshyop ovulidagi “Ozodov Musabek “ fermer xoʻjaligida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev va fermerlar soʻzga chiqishib, fidoyi va mehnatkash qishloq ayollarini muborakbod etdilar. Soʻzga chiqqanlar bugungi kunda tumanimizda istiqomat qilayotgan 96 ming nafar ayol-qizlarning 71 ming nafardan ziyodi qishloqlarda yashab, mehnat qilayotgani, ular uchun tumanimizda farovon va har tomonlama qulay turmush, mehnat va dam olish sharoitlari yaratish borasidagin say-harakatlar xususida alohida toʻxtalib oʻtdilar. Bundan tashqari mamlakatimizda qishloq ayollarining jamiyat taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissalari, aholini qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashdagi xizmatlari yosh avlodga oʻrnak boʻlayotganini alohida taʼkidladilar.
.
Boʻlib oʻtgan tadbirda fayzli dasturxon yozilib, faol qishloq ayollari, ilgʻor terimchi va fermer ayol-qizlarga sovgʻalar berildi.

Pobiya Yoʻldosheva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶