“Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi
16-oktyabr kuni Tuman madaniyat uyida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Aytish joizki, mazkur koʻrik tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Halq taʼlimi vazirligining 2019-yil 17-maydagi 173-sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Jamoalar Xalq taʼlimi vazirligining maxsus veb-saytidan roʻyxatdan oʻtish orqali koʻrik-tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻldilar. Tuman boʻyicha 71 ta umumtaʼlim maktablari saralash bahslarida qatnashib, oʻz omadlarini sinab koʻrdi.
Koʻrik-tanlovning tuman bosqichida hududiy saralash bosqichlari gʻoliblari, yaʼni 11-, 69-, 40- hamda 62-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻzaro bellashdilar.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda hakamlar hayʼati qaroriga koʻra 40-sonli maktab jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 21-oktyabr kuni Beruniy tumanida Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa tumanlari oʻquvchi-yoshlari bilan oʻzaro bellashadilar.
A.Jumaniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶