“Oʻzbek tilim-iftixorim” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻiga koʻra barcha umumtaʼlim maktablarida milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli boʻlgan oʻzbek tilining ahamiyatini oshirish, uning bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini oʻquvchilar ongiga singdirish maqsadida “Oʻzbek tilim-iftixorim” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlov tumandagi umumtaʼlim maktablarida ham 8-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida keng miqyosda oʻtkazildi.
18-oktyabr kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabida koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan mazkur tanlovning tuman bosqichida maktab bosqichlarida gʻolib boʻlgan 76 nafar oʻquvchi faol qatnashdi. Har bir oʻquvchi oʻz inshosida oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va mehrini namoyon qilishga harakat qilib, qalam tebratdi. Shuningdek, oʻquvchilar mamlakatimiz oʻzi davlat tilini qoʻlga kiritishi istiqlolning nishonasi ekanligi, erkinlik, mustaqillik uchun kurashning ilk gʻalabasi sifatida 1989-yilning 21-oktyabr kuni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi, shu kundan eʼtiboran tilimizning rivojlanish yoʻllaridagi barcha sunʼiy toʻsiqlar olib tashlanganligi, u davlat tomonidan qonun himoyasiga olinib, shu kundan eʼtiboran mamlakatimizda oʻz ona tilida ish yuritish va oʻzaro muloqotlarda oʻzbekona suhbatning erkinligi boshlanganligi haqida toʻlqinlanib yozdilar.
Oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan yozilgan har bir insho hakamlar tomonidan koʻrib chiqildi va gʻolib deb topilgan oʻquvchilarga tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanma berildi.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶