17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 13:45
Jamiyat 👁 629

Chilpiq arxeologik yodgorligida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Chilpiq arxeologik yodgorligida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Mamlakatimizda butun insoniyatning noyob merosi boʻlmish qadimiy obidalar va yodgorliklarimizni qayta tiklash, asrab-avaylash borasida  keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda. Buning natijasida yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar safi yildan-yilga oshmoqda.

Taʼkidlash kerakki, sayyohlikni rivojlantirish borasida tumanimizda ham ibratli ishlar amalga oshirilayotir. Shu oʻrinda qadimiy “Chilpiq” qalʼasini obodonlashtirish maqsadida qiymati 378 mln. soʻm boʻlgan loyiha asosida qurilish ishlari bajarilganini aytib oʻtish joizdir. “Mangʻit Invest Maksimum” MChJ ishchilari tomonidan obida tepasiga olib chiquvchi zina va boshqa inshootlar qurildi. Ikkitadan shiypon va oʻtov tiklandi. Ayni paytda bu maskan Yevropa va sharq mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar bilan gavjum.

Ajdodlarimizdan  meros  qolgan muqaddas yodgorliklarimiz tarixini chuqurroq oʻrganish, asl tariximizni yuzaga chiqarish bizning kelajak avlod oldidagi burchimizdir. Shu sababli tumanimiz yoshlarini uzoq moziy yodgorligi boʻlgan ushbu qalʼa tarixi bilan tanishtirish maqsadida sayohat va boshqada tadbirlar tashkillashtirilib boriladi.

16-oktyabr kuni OʻzMTDP tuman Kengashi tashabbusi bilan  Chilpiq arxeologik yodgorligida “Tarixni oʻrganish, kelajakni mustahkamlash” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda OʻzMTDP tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Tuman Madaniyat boʻlimi, “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tuman boʻlinmasi, 38-sonli maktabning musiqa toʻgaragi aʼzolari qatnashdilar.

Tadbir davomida 64-sonli maktabning tarix fani oʻqituvchisi G.Qodirova barchani qalʼa tarixi bilan tanishtirdi. Afsonalar va arxeolog-etnograf olimlarning ilmiy farazlariga asoslangan holda obidaning qurilishi, oʻz davrida qanday vazifani oʻtaganligi va hozirgi kundagi holati haqida gapirdi. Tarix boʻyicha sayohatchilarni qiziqtirgan savollarga ham tarixiy manbalardan kelib chiqib javob berdi. Yodgorlik oldiga qurilgan shiyponda OʻzMTDP tuman Kengashi aʼzolari va Xalq deputatlari tuman Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar ishtirokida tumanimizdagi tarixiy obidalarni obodonlashtirishga hissa qoʻshish, ularni ham sayyohlik maskanlariga aylantirish boʻyicha qizgʻin suhbat oʻtkazildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi va 38-sonli maktabning musiqa toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur tadbir ishtirokchilariga yanada katta zavq bagʻishladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019