7-SONLI MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASASI – BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANIGA AYLANGAN
Bugungi kunda mamlakatimizda ertamiz egalari boʻlgan yosh avlod tarbiyasi va ularning maktabgacha boʻlgan tayyorgarligiga katta eʼtibor qaratilib, maktabgacha taʼlim tizimida bir qator yangilanishlar hamda oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi butun hayotini belgilab beradi, shu bilan birga, maktabgacha taʼlim uygʻun rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha taʼlim muassasalarining maqsadi – bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish hamda taʼlim-tarbiya berish orqali ularni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishdir.
Tumanimizda shunday ezgu gʻoyani oʻz oldiga maqsad qilgan maktabgacha taʼlim muassalari soni tobora ortib bormoqda.
Xususan,7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida oʻz kasbining jonkuyarlari, fidoyi tarbiyachilar 3 ta asosiy guruhda 75 nafar va 3 ta qisqa muddatli guruhda ham 75 nafardan jami 150 nafar bolalarga taʼlim-tarbiya bermoqda.
Mazkur muassasaga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi va muassasada 15 nafar tajribali pedagoglar hamda 5 nafar oliy toifali xodimlar: Bahodir Kamolov, Marhabo Shomuradova, Rohiya Yoʻldosheva, Gulshod Kamolova va Ozoda Ahmedova kabi oʻz kasbining mutaxassisi boʻlgan pedagoglar faoliyat koʻrsatadi.
Muassasasa mudirasi Gulshod Saidnazarova tashabbusi bilan 75-oʻringa moʻljallangan ushbu 7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi qayta taʼmirlanib, joriy yilning fevral oyida yangidan foydalanishga topshirildi. Mudira Gulshod Saidnazarova oʻz ustiida juda koʻp ishlaydi, faoliyatida innovatsion ped texnologiyalar va eng soʻnggi metodalrni qoʻllaydi. Zero, maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun chuqur pedagogik-psixologik bilimlarga, tashkilotchilik qobiliyatlari va yetakchilik sifatlariga ega boʻlishi lozim.
Hozirda muassasada jami 32 nafar xodim oʻz ish faoliyatini olib bormoqda. Bular 15 nafar tarbiyachi xodimlar, 8 nafar yordamchi tarbiyachilar, 7 nafar pedagog xodimlar va 17 nafar xoʻjalik ishlari xodimlaridir.
Bolalarning iqtidor va isteʼdodlarini rivojlantirish, til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttish maqsadida “Shashka”, “Shaxmat”, “Zumradoylar”, “Sport”, “Ingliz tili” hamda “Rus tili” kabi toʻgaraklar ish olib bormoqda .
“Rus tili” toʻgaragi rahbari Gulshod Kamolovaning toʻgaragida 25 nafar bolalar rus tili boʻyicha dastlabki taʼlim olib, maktabga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Oʻz kasbi orqali sogʻlom va har tomonlama rivojlangan oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshayotgan Qurbonoy Holimbetova boshchiligidagi “Shaxmat” toʻgaragida ham 25 nafar bolajonlar aql gimnastikasi hisoblangan shaxmat bilan shugʻullanib kelmoqda. U juda bolajon va mehnatkash, oʻz kasbiga masʼuliyat bilan yondashuvchi tarbiyachidir. Har bir bolaning feʼl-atvoridan kelib chiqqan holda ular bilan ishlab, barchasining koʻngliga yoʻl topishga harakat qilmoqda.
Muassasa tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari tumanda oʻtkaziladigan bir qator koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Tarbiyachi Sharofat Haytimbetova oʻtgan yili tumanda oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʻrik-tanlovida faol qatnashib, yuqori natijaga erishdi.
Shu qatori, bolajonlar musiqa oʻqituvchisi Ozoda Ahmedovaning darslarini ham juda yaxshi koʻrishadi. Chunki, u har bir mashgʻulotida bolalarga yangidan yangi kuy-qoʻshiqlar oʻrgatish davomida turli koʻrgazmali qurollar bilan ishlab, bolalarning eʼtiborini va mehrini qozongan.
Albatta, maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyati qanchalik samardor boʻlsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ham shunchalik oʻz natijasini koʻrsatadi. Barkamol bolalardan kelajakda yurt koriga yaraydigan vatanparvar va komil insonlar shakllanadi.
Biz esa 7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining ishlarida omad va zafarlar yor boʻlsin deb qolamiz!
Iroda Erdosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶