Korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha “Eng faol fuqarolar yigʻini” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
Yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurashish, uni tag-tomiri bilan yoʻqotish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2017-yilning 3-yanvar kunida qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilingani, shuningdek, 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilingani ham shu saʼy-harakatlarga muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning bu boradagi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Qoraqlpogʻiston Respublikasi idoralararo komissiyasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining qoʻshma qaroriga koʻra ovul va mahallalarda korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha “Eng faol fuqarolar yigʻini” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Ushbu koʻrik-tanlovning dastlabki bosqichi tuman miqyosida ham boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi ovul va mahallalardan oʻzining faolligi, hududi doirasida korruptsiya holatlarining oldini olish borasida bir qancha ijobiy ishlar qilgan huquqiy bilimli fuqarolar ishtirok etib, tanlov shartlarini bajardilar. Koʻrik-tanlov natijalariga koʻra 1-oʻrinni tumanimizdagi 2-sektorda joylashgan Oʻrta Qalʼa ovuli, 2-oʻrinni Tosh yop ovuli hamda 3-oʻrinni Doʻrman ovuli egalladi. Gʻoliblar esdalik va sovrinlar bilan taqdirlanishdi.
S.Yormuhammedov,
tuman prokurori yordamchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶