Futbol fidoiysi Madrahim Rahimov tavalludining 70 yilligiga bağişlangan musobaqa ötkazildi
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar zamirida xalqning turmuş tarzini yaxşilaş, maʼnan va jismonan soğlom muhit yaratiş, salomatlikni mustahkamlaş ğoyasi yotibdi.
Şu bois ayni paytda jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor davlat ahamiyatiga molik muhim ijtimoiy-siyosiy vazifaga aylangan. Sport nafaqat jismoniy va maʼnaviy soğlomlik asosi, balki hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoşlarni turli zararli yot ğoya va odatlardan asraş, ularga öz qobiliyati va isteʼdodlarini töla ruyobga çiqariş vositasi hamdir.
9-noyabr kuni Amudaryo tumani Navoiy mahallasida joylaşgan futbol maydonçasida 38-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Azamat Rahimov, tuman jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği Jasur Yaxşimov va xalq taʼlimi bölimi metodisti Nurbek Abdullayevlar taşabbusi bilan tumanimizda ança yillar davomida öquvçilarga futbol böyiça murabbiylik qilgan faxriy trener Madrahim Rahimov tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan şahar maktablari öquvçilari örtasida futbol musobaqasi ötkazildi.
38-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Faxriddin Kamolov, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rustam Hamrayev, tuman xalq taʼlimi bölimi metodisti Nurbek Abdullayevlar hakamlik qilgan mazkur musobaqada Manğit şahridagi 9 ta maktab jamoalari iştirok etişdi.
Musobaqa davomida 38-sonli maktabning musiqa fani öqituvçisi Ozoda Ahmedova rahbarligidagi raqs guruhi öquvçilari tomonidan badiiy çiqişlar qilinib, bolalar kuy-qöşiqlar va raqslar ijro etişdi.
Tadbirni tuman jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği Jasur Yaxşimov oçib berdi. Sözga çiqqanlar Madrahim Rahimovni tabarruk 70 yoşi bilan muborakbod etar ekan, yoşlarni sport bilan muntazam şuğullanişga çaqirib, bu sohada Yurtimizda yoşlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida töxtalib ötişdi.
Madrahim Rahimov 1949-yilda tuğilgan. 1975-yilda Toşkent politexnika institutining qişloq qurilişi fakultetini tamomlagan. Sportga, ayniqsa futbolga bölgan mehri uning butun hayoti mazmuniga aylangan. 1981-yilda sobiq sovet ittifoqi davrida öşa paytdagi eng nufuzli musobaqalardan biri bölgan “Oltin boşoq” futbol musobaqasida faxrli 3-örinni egallagan. Ança yillar davomida tuman bolalar va ösmirlar sport maktabida futbol böyiça yoşlarga murabbiylik qilgan. Öquvçi-şogirdlari bilan birgalikda 2016-yilda Nukus şahrida ötkazilgan Qorqalpoğiston bolalar ligasida 20 ta jamoa içida faxrli 2-örinni egallagan. Madrahim Rahimov tuman miqyosida ötkaziladigan köplab futbol musobaqalarida hakamlik qilib keladi. U özi istiqomat qilayotgan köçada bolalarning erkin futbol öynaşlari, ularning futbolga bölgan qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş va maşğulotlar olib borişlari uçun öz hisobidan futbol maydonçasi qurdirgan.
Otaxon 70 yoşga çiqqan bölsalarda, hali ham yoşlardek, kuç-ğayrat va şijoatga töla. Uning maqsadi tumanimizda kuçli futbolçilarni yetiştiriş va yoşlarning futbolga bölgan iştiyoqini yanada kuçaytirişdir.
Musobaqa yakuniga köra, 36-sonli maktab jamoasi birinçi, 38-sonli maktab jamoasi ikkinçi, 30-sonli maktab jamoasi 3-örinni egallaşdi. Ğolib jamoalar tadbir taşkilotçisi Azamat Rahimov tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Iroda Erdoşeva,
Jamoatçi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶