HAR BIR BEMOR EʼTIBORDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi 2107-sonli “Soğlikni saqlaş tizimini isloh qiliş töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman markaziy şifoxonasi maʼmuriyati buyruğiga köra, 2000-yilda 15 ta öringa ega Şoşilinç tibbiy yordam bölimi taşkil qilindi. Ayni kunga kelib bölimda örinlar soni 40 taga yetkazildi.
Bölimda jami 20 nafar oliy, 5 nafar 1 toifali va 6 nafar 2-toifali şifokorlar xalq salomatligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilişmoqda.
Bölim binosida 2013-yilda rekonstruktsiya işlari, 2018-yilda esa joriy taʼmirlaş işlari bajarilgan bölib, bemorlarga öz vaqtida taşxis qöyiş va samarali davolaş uçun barça şart-şaroitlar yetarli. Bölim endoskop, UZI, EKG jihozlari bilan taʼminlangan. Bölim qoşida zamonaviy raqamli rentgen uskunasi bilan jihozlangan xona, barça zarur laborator anjomlar, reaktivlar bilan taʼminlangan ekspress laboratoriya keça-yu kunduz faoliyat olib boradi. Ikkinçi qavatda jarrohlik bölimi joylaşgan bölib, steril materiallar saqlaş xonalari va jarrohlik zali bor. Şoşilinç jarrohlik amaliyotlari va barça turdagi jarrohlik işlarini amalga oşiriş uçun zarur zamonaviy asbob-anjomlar bilan taʼminlangani şifokorlarimiz uçun qulaylik yaratmoqda.
Bölimda şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga öz vaqtida malakali yordam körsatiş uçun yetarliça şart-şaroitlar mavjud bölib, 2018-yil davomida jami 6124 nafar, 2019-yilning 9 oyi davomida esa jami 4584 nafar bemor davolanib, soğ-salomat oilalari bağriga qaytdilar.
Bölim şifokorlari tun-u kun, har qanday vaziyatda xalq salomatligi yölida fidoyilik bilan xizmat qilib, özlarining zimmalaridagi vazifalarini şaraf bilan uddalaşmoqda. Bu yerga najot istab kelgan insonlarning qalblarida umid va işonç uyğotib, oilalari bağriga soğ-salomat kuzatib qoliş har bir şifokor uçun eng oliy maqsaddir.
Men fursatdan foydalanib, barça hamkasb döstlarimizni, ustoz şifokorlarni anʼanaviy kasb bayramlari bilan çin dildan tabriklayman.
O.ŞOMURODOV,
TTB Şoşilinç tibbiy yordam bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶