Qoʻriqlash xizmati xodimlari ishtirokida musobaqa oʻtkazildi
Qoʻriqlash xizmati xodimlari zimmasiga el-yurt mulkini muhofaza qilishdek sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifa yuklatilgan. Bu vazifani sidqidildan ado etishda har bir xodimdan hushyorlik, jasorat, tezkorlik kabi xislatlar talab etilishi shubhasiz.
Qoʻriqlash xizmati xodimlari, ularning oila aʼzolari, farzandlarining jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi talablari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan reja talablari asosida tumanimizda ham mazkur birinchilikning saralash bosqichi oʻtkazildi.
40-sonli maktabda oʻtkazilgan musobaqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlsh boshqarmasi 1-alohida otryadi xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Maʼlumki, qoʻriqlash xizmati davlat obektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash xizmatini koʻrsatadi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga koʻmaklashish ham mazkur boʻlim xodimlari zimmasidagi vazifadir.
Bu esa xodimlardan jismoniy faollikni, muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishni talab qiladi. Musobaqaning asosiy maqsadi ham avvalo xodimlarning, qolaversa, ularning oila aʼzolarining sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Musobaqalar juda qizgʻin va bahs-murosaga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Basketbol toʻpini savatga tushirish, toʻsiqlar osha yugurib, darvozaga toʻp kiritish va arqon tortishish kabi shartlar asosida jamoalarning kuch va chaqqonliklari sinovdan oʻtkazilodi.
“Otam, onam va men: Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida oʻtkazilgan sport musobaqalari yakunlariga koʻra “Qaldirgʻochlar” jamoasi 1-oʻrinni egallab, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Charos ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶