HISOBOT KONTsEPTI BÖLIB ÖTDI
Şu yilning 16-noyabrida tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida bölim rahbariyati buyruğiga asosan Prezidentimizning yoşlar maʼnaviyatini rivojlantiriş va böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş yuzasidan belgilab bergan beşta taşabbusi ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimizdagi madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik tögaraklari aʼzolarining hisobot kontserti bölib ötdi.
Taʼkidlaş lozimki, uşbu yönalişda 19 ta tögaraklar taşkil qilingan bölib, ularga 200 nafardan ziyod sanʼatsevar yurtdoşlarimiz qamrab olingan. Ularning köpçiligini yoşlar taşkil etadi.
Şunisi eʼtiborliki, Bobur, Uyşin,Qiliçboy, Çoyköl, Bözyop madaniyat markazlarida turli köngiloçar tadbirlar, muhim sanalar, qutluğ kunlar munosabati bilan bayram kontsert dasturlari muntazam ötkazilib,tumanimiz aholisining köngilli dam olişlari, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari taʼminlanmoqda.
Hisobot kontsertida yangragan ona Vatan, baxtiyor zamonamizni, yurtimizga sadoqat, döstlik ,birodarlikni madh etuvçi kuy qöşiqlar, dilrabo raqslar barçaga manzur böldi va badiiy havaskorlik tögaraklari faoliyati ijobiy baholandi.
Hisobot kontsertda faol qatnaşgan va ijrosi tomoşabinlarga eng maʼqul bölgan ijroçilar rahbariyat tomonidan rağbatlantirildi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶