16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan 76-sonli maktabda festival oʻtkazildi
Xalqaro YuNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni oʻrnatish, millatlar va ellatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshiririb, hozirda bagʻrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan.
Ularning yorqin namunasi 1995-yil 16-noyabrda Parijda YuNESKO Bosh konferentsiyasining 28-sessiyasida eʼlon qilingan “Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda “Halqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Mamlakatimizda tinchlik, osoyishlatik omili boʻlgan diniy bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda xilma–xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan kishilarning bir zaminda buyuk gʻoya va sof niyatlar yoʻlida xamkor va hamjixat boʻlib yashashligi bagʻrikenglikning yorqin namunasidir.
Yurtimizda bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan.
16-noyabr – “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan tumanimizdagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida “Bagʻrikenglik kuni” festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda ishtirok etgan maktabning beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi hamda 10-sinf oʻquvchilari insho yozish va tasviriy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha oʻz qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.



Festival 5 ta shartdan iborat boʻlib, 1-shart “Milliy anʼana va udumlar” shartida oʻquvchilar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda qardosh xalqlar anʼanalri, ularning milliy urf-odatlari haqida chiqishlar qilishdi.
2-shart “Milliy liboslar” shartida oʻquvchilar buvijonlarimiz, onajonlarimiz, momolarimiz kiygan liboslar koʻrgazmasini namoyish etishdi.

3-shart “Milliy qoʻshiq va raqslar” shartida oʻquvchilar milliy kuy-qoʻshiqlarimizni kuylashdi va raqslar ijro etishdi.
4-shart “Mening bagʻrikeng dunyom” shartida ishtirok etgan oʻquvchilar oʻzlarining bagʻrikenglik tushunchalariga qarab tasviriy sanʼat yoʻnalishida ijod etdilar. Bagʻrikenglikni tasvirlovchi rasmlar chizishdi.

5-shart “Bagʻrikenglik mening nazdimda” shartida oʻquvchilar bagʻrikenglik haqida insho yozishdi.

Festival yakunida qatnashchilar oʻzlari ishtirok etgan yoʻnalishlar boʻyicha nominatsiyalar bilan taqdirlandilar.
Albatta, bu kabi festivallar fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari oʻrtasidagi tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda, qardosh millatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirishda va eng asosiysi, yoshlar ongida koʻp millatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlashda muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Iroda Erdosheva,
jamoatchi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶