Parrandaçilikka ixtisoslaşgan agrofirma tovuq göşti savdosidan 10 oyda 100 million sömdan ortiq daromad oldi
Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oşiriş, yangi iş örinlari yaratişda muhim ahamiyatga ega. Şu maʼnoda parrandaçilik sohasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bugun nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, balki respublika böylab yangi işlab çiqariş obʼektlarining qad rostlab, köplab yangi iş örinlari oçilişiga zamin yaratmoqda.
Özbekiston Pespublikasi Prezidentining “Parrandaçilikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq olib borilayotgan işlar natijasida tumanimizda 11 ta parrandaçilik subʼektlari taşkil etildi hamda ularga jami 223,6 gektar yer maydonlari ajratildi. Hozirda uşbu parrandaçilik subʼektlarida jami 1 mln. 16 ming boş parrandalar mavjud.
Yurtimizda bu sohada yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, özining tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan hamda soha rivojiga salmoqli hissa qöşayotgan faol tadbirkorlik subʼektlaridan biri tumanimizdagi “Qiliçboy parranda” agrofirmasidir. Agrofirma 2009-yildan buyon faoliyat olib boradi.
“Qiliçboy parranda” agrofirmasi parranda göşti yetiştirişga yönaltirilgan. Agrofirma 2016-yilda sobiq “44-Avtokorxona”ga qaraşli bino va inşootlarining bir qismini yangi işçi örin yaratiş va investitsiya kiritiş şarti bilan tender savdosida yutib oldi. Natijada parranaçilik asbob-uskunalari, jumladan, 2 turdagi don maydalagiç asboblari, 10 ming dona tuxum siğimiga ega bölgan jöja çiqariş inkubatori, 2 ming tovuqqa moslaşgan tovuq katakçalari sotib olindi.
Hozirda agrofirmada jami 5 ta işçi xodim mehnat qilmoqda. Ular agrafirmadagi jami 2 mingga yaqin tovuq va jöjalarni parvariş qilişmoqda. Tovuq göşti mahsulotlari esa Manğit dehqon bozorida sotilmoqda. Joriy yilning ötgan 10 oyi davomida agrofirma 100 million sömdan ortiq daromad oldi.
Agrofirma rahbariyati kelgusida parrandalar boş sonini yanada köpaytirib, xalqimiz dasturxonini sifatli tovuq göşti bilan taʼminlaşga munosib hissa qöşişni rejalaştirmoqda.
Çaros APSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶