28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:19
Jamiyat 👁 3,362

Din-u diyonatda adashmang

Din-u diyonatda adashmang

Bugungi tezkor oʻzgarishlar davridagi eng murakkab muammo bu - gʻoyaviy va mafkuraviy tahdidlar hisoblanadi. Haqiqatan ham, bugun jahon siyosiy jarayonlaridagi asosiy taʼsir mafkuraviy xurujlar orqali amalga oshirilmoqda.

Ana shu xatarli kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini egallash uchun astoydil urinyapti. Ular ayrim yoshlarning soddadilligi, eʼtiqodi sustligidan foydalanib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi bahonalar bilan oʻz tuzoqlariga ilintirishga harakat qilishyapti.

Paygʻambarimiz (s.a.v): - «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, yo yaxshilikka buyurasiz va yomonlikdan qaytarasiz yoki boʻlmasa, Alloh taolo ustingizga bir baloni yuboradiki, undan keyin qancha duo qilsangiz-da duoingiz qabul boʻlmaydi» - deb odamlarni amri maʼruf va naxiy munkar qilmaslikning oqibati qanchalik yomon boʻlishligidan ogohlantirganlar. Demak, xalq orasida yaxshiliklarni yoyish, yomonliklarning oldini olishga gʻayrat qilish lozim boʻladi. Aksincha, hech kimning birov bilan ishi boʻlmasa, har kim oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlsa, xalqning farovonligi, tinchlikning barqarorligi uchun oʻz hissasini qoʻshmasa, bunday holda Alloh taolo ham bandalaridan yuz oʻgiradi, ularning talablariga javob bermaydi.

Firqabozlik dinga putur yetkazadigan, jamiyat barqarorligiga raxna soladigan eng ogʻir jinoyat boʻlgani uchun Alloh taolo Qurʼoni karimda:- «Hammangiz Allohning arkoni (Qurʼon)ni mahkam tuting va firqalarga boʻlinmang» -deb buyurgan.

Maʼlumki, Alloh taolo Qurʼoni karim-da, Paygʻambarimiz (s.a.v) hadislarida biz musulmonlarni birlikka chaqirib, firqalarga boʻlinishdan qaytarganlar. Turli guruh yoki jamoalar tashkil qilib, shu guruh yoki jamoani boshqa musulmonlardan afzal bilib, tutgan yoʻli bilan kibrlanib yurish, faqat shu guruhning yoʻli toʻgʻri, deyish ayni mutaassiblikdir. Islom niqobi ostida chiqayotgan firqalarning maqsadi islomning nomini bulgʻash, yoshlarni shu firqalarga kirgizib, yoʻldan urishdir.

Paygʻambarimiz (s.a.v): «Mening ummatim 73 firqaga boʻlinib ketadi. Ularning hammasi doʻzaxi boʻladi, faqat bir toifagina jannati boʻladi»,- deganlar. Bundan 60-yil avval paydo boʻlgan, xalifalik qurish daʼvosi bilan chiqgan Hizbut-tahrir nomli firqa ham oʻsha 72 adashgan firqalardan biri boʻlib, islomni buzish, musulmonlarni bir-biriga qarshi qilib qoʻyish uchun maxsus oʻylab chiqarilgan partiyadir. Hizbut-tahrirning daʼvatlariga yaxshilab nazar tashlansa, islom diniga yot narsalar ekanligi maʼlum boʻladi. Ular Qurʼon va hadisdan dalillar keltiradilar, lekin oʻz foydalari uchun, yaʼni, umuman Qurʼon va hadis dalolat qilmaydigan maʼnolarda tushuntirmoqchi boʻladilar.

Adashgan firqalardan yana biri Akromiylar boʻlib, Fargʻona vodiysida, aniqrogʻi, Andijon viloyatida vujudga kelgan. Uning boshqa firqalardan farqi hozirgi kunda musulmonlarga namoz ham, roʻza, zakot, haj ham farz emas, degan eʼtiqod va daʼvoni oldinga suradi. Ular buni izohlab: Muhammad (s.a.v) to Madinaga hijrat qilgunlariga qadar Makkada 13-yil davomida kishilarni faqat Alloh va oxiratga imon keltirishga daʼvat qilganlar. Namoz, roʻza, zakot, haj kabi ibodatlar esa Madina davrida, yaʼni islom rivojlangandan soʻng farz boʻlgan, - deydilar. Shu nuqtai nazardan, bu toifa to islom davlati qurilmaguncha mazkur ibodatlarni bajarish shart emas, deb hisoblaydi. Holbuki shariatning inson shaxsiga bogʻliq boʻlgan farz amallari zamon va makondan qatʼi nazar hech qachon amaldan toʻxtashi mumkin emas.

Soʻnggi yillarda «salaf solihlarga ergashish» shiorini niqob qilib olgan, musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarishni targʻib qiluvchi mutaassib, soxta salafiylar paydo boʻlganini alohida qayd etish lozim. Maʼlumki, «Ahli Sunna val Jamoa» eʼtiqodiga koʻra islom arkonlari beshta: imon, namoz, roʻza, zakot va haj. Soxta salafiylik esa, «jihod - oltinchi arkon va jihod qilish har bir musulmon uchun farzi ayndir», degan gʻoyani ilgari suradi. Salafiylar qanday gʻoya ostida harakat qilmasin, buzgʻunchi mohiyati oʻzgarmay qolmoqda. Ularning har qanday yangilikni bidʼat hisoblashlarida, anʼanaviy mazhablarning inkor qilinishida, tasavvufning umuman tan olinmasligida hamda qabristonlarni ziyorat qilish mumkin emas, deb eʼtirof etishlarida ham salafiylikning buzgʻunchi tabiati yorqin namoyon boʻladi.

Ming afsuslar boʻlsinki, hozirgi kunda islom dinini oʻzlariga niqob qilib olgan bir guruh manfur kimsalar va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilayotgan Hizbut-tahrir, Akromiylar, Nurchilar, Tabligʻchilar, va Jihodchilar kabi diniy-ekstremistik guruhlar aholisining koʻpchiligi musulmon boʻlgan mamlakatimizda garchi islomning asosiy besh arkoni bajarilib turgan boʻlsa-da, musulmonobod yurtimizni dorul-harb, yaʼni, kofiriston deb eʼlon qilib, jamiyat oʻrtasida buzgʻunchilik, ummat orasida nizo chiqarishga urinmoqdalar. Davlat siyosiy boshqaruviga aralashish, diniy ulamolarning joniga qasd qilish hollari ham uchrab turibdi. Ularning iddaolari boʻyicha hamma faqat islom shariatiga tayanishi kerak, Konstitutsion qonun-qoidalarga amal qilishni kufr deb atab, oʻzlarini islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa deb eʼlon qilib, odamlarni jangovar kayfiyatga undamoqdalar. Eng achinarlisi shundaki, bu oqimlar hali ongi shakllanib ulgurmagan tajribasiz, gʻoʻr yoshlarni oʻz tuzogʻiga ilintirib, ulardan oʻzlarining gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanmoqdalar.

Xalqimiz bunday sharoitda har qachongidan ham hushyor va ogoh boʻlishi, doʻst-u dushmanni ajratishi, gʻanimlar fitnasiga uchmasligi, yovuz kuchlar qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlmasligi zarur. Chunki har bir fasod ish ortida razil maqsadlar, manfaatdor kimsalar turganini bir lahza ham unutishga haqqimiz yoʻq.

Shu bois, barchani hushyorlikka, har qanday yot gʻoya va fikrlarga befarq boʻlmaslikka, mustaqil ona-diyorimiz xalqiga, uning tinch turmushi va farovonligiga tahdid soladigan turli xavflardan ogoh boʻlishga chaqirishimiz kerak.

 

A.MatsaFoyev,

"Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026