MAKTABLAP OʻQUVChILAPI MAʼMUPIY IDOPALAPGA SAYoHATGA BOPIShDI
`Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalda boʻlgan qonuniy- meʼriy hujjatlarga oʻquvchilar koʻnglida hurmat hissini yuksaltirish hamda amal qilish koʻnikmalarini tarbiyalash maqsadida tuman Xalq taʼlimi va Adliya boʻlimlari, Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudi hamkorligida 64- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilarining Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudiga, 82 -sonli va 31 -sonli maktablar oʻquvchilarining esa Tuman Adliya boʻlimiga sayohati tashkil etildi.

Oʻquvchilar sayohat davomida mazkur idoralar xodimlari faoliyatining maqsad vazifalari, ish jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar , unumli ishlashlari uchun qulay sharoitlarga ega muhtasham va koʻrkam binolarni qurib, foydalanishga topshirgan quruvchilar mahoratiga yuksak baho berdilar.

Aytish joizki, mamlakatimizda har bir fuqaroning emin- erkin va tinch -osoyishta yashashi, istagan kasb - hunarini egallab, mehnat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Fuqarolar shaʼni, qadr -qimmatini yuksak tutib, ularning baxtiyor yashashlarini taʼminlayotgan qonunlarimizni esa chuqur oʻrganish, hurmat qilish lozim. Maktablar oʻquvchilarining maʼmuriy idoralarga sayohati bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶