28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:10
Qishloq xoʻjaligi 👁 805

6 ming gektarga yaqin maydon kuzgi shudgor qilindi

6 ming gektarga yaqin maydon kuzgi shudgor qilindi

Ekinlardan moʻl hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytishmagan.  Zero,  sifatli oʻtkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.

Shu sababli barcha hududlarda kuzgi shudgorlash ishlari qizgʻin tarzda olib borilmoqda. Xususan, tumanimizning Doʻrsan ovulida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari, mazkur xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatuvchi “Yoʻldosh Oʻrazboyev” muqobil mashina traktor parki jamoasi ham shudgorlash ishlarini sifatli tashkil qilmoqda.

Aytish joizki, tumanimizda 2020-yil hosili uchun jami 12 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Kuzgi shudgorlash ishlarida jami 81 ta surim texnikalari, shundan 40 ta yuqori unumli va 41 ta oddiy surim texnikalari qatnashishi rejalashtirilgan. Mavjud texnikalar 22 ta surim otryadlariga biriktirilgan. Otryadlarga rahbar qilib hududlardagi yoqilgʻi moylash materiallari quyish shoxobchalari mudirlari tayinlangan.

Shoʻr yuvish, yaxob suvi berish natijasida erta bahorda tuproqni ekishga, tayyorlash hamda ekish kabi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali oʻtkazishga erishiladi.

Tumanning boshqa ovul va mahallalaridagi fermer xoʻjalikari qatorida doʻrmanlik qishloq xoʻjaligi sohasi ilgʻorlari ham kelgusi yil uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Xususan, ovul boʻyicha 2020-yil hosili uchun 950 gektar yer maydonlarini kuzgi shudgorlash rejalashtirilgan. Shundan hozirga qadar 450 ga yer maydonlari sifatli shudgor qilindi.

Mazkur xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatuvchi “Yoʻldosh Oʻrazboyev” muqobil mashina traktor parki raisi taʼkidlagidek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor va pluglar oldindan ishga shay holga keltirilgan va sozlangan, dalalar esa haydovga sifatli tayyorlangan. Endilikda haydov toʻgʻri tashkil etilishi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida.

Tumanda kuzgi shudgorlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash maqsadida 25-oktyabrdan 20-noyabrgacha kunlik shudgorlash grafiklari ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, kuzgi shudgorlash amalga oshirilgan dalalarda oʻsimlik qoldiqlari, begona oʻtlar va ularning urugʻlarini chuqur koʻmilishi taʼminlanadi. Natijada dalalarda begona oʻtlarning unib chiqishi 2–3 baravar kamayadi, paxta hosildorligi gektariga 2–3 tsentner oshadi.

Shu sababli ham amudaryolik fermerlar ushbu muhim agrotexnik tadbirni sifatli va oʻz vaqtida, toʻliq amalga oshirishga bel bogʻlaganlar. Bugungi kunga qadar tuman boʻyicha kunlik 600-700 gektar, yaʼni rejaga nisbatan 5-6 foiz dalalarda shudgorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsum boshidan beri esa jami 6 ming gektarga yaqin, yoki jami rejadagi maydonlarning 50 foizga yaqini shudgor qilindi. Bu mazkur jarayonda ishtirok etayotgan 81 ta texnikaning har biriga oʻrtacha 7,5 ga maydondan toʻgʻri kelishini koʻrsatadi. Xoʻjalik rahbarlari va mexanizatorlar ish unumdorligini oshirish, texnikalardan unumli foydalanish va ularni toʻla quvvatda ishlatish orqali kuzgi shudgorlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlashni rejalashtirmoqda.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026