Yoshlar ittifoqining harbiy qismlardagi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari forumi boʻldi
YetakchilariningNukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy qismlardagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilarining forumi oʻtkazildi.
Unda DXX chegara qoʻshinlari harbiy qismlar qoʻmondonligi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashining harbiy boʻlimlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim mudiri N.Roʻziboyev hamda 9202 harbiy qism komandiri oʻrinbosari A.Yunusovlar qatnashishdi. Shuningdek, tashkilot faollari, “Yosh chegarachilar” klubi aʼzolari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdilar.
Forumda yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon hayotini taʼminlashda harbiy xizmatning oʻrni, bu kasb sohiblarining mashaqqatli, masʼuliyatli va sharafli mehnati, shu bilan bir qatorda, hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Shu qatorda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-noyabrdagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi qarorlari asosida Qurolli Kuchlar tizimida Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari joriy qilinganligi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ushbu tashkilotlar zimmasiga muhim vazifa qilib yuklatilganligi taʼkidlab oʻtildi.
Oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar ham tahlil etildi hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar rejalashtirib olindi.
Forum ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
F.Mahamadiyev,
9202 harbiy qism chegara posti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶