OChIQ DARS BOʻLGʻUSI HUQUQShUNOSLAR BILIMINING OShIShIGA OMIL BOʻLDI
Joriy yilning 11-dekabr kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Yerkin Uteniyazov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti 1-bosqich talabalariga ochiq dars oʻtdi.
Ochiq darsda Yerkin Uteniyazov talabalarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida sud-huquq sohasi boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan kontseptual takliflarning ahamiyati haqida keng turda tushunchalar berdi.

Ochiq dars paytida Yerkin Uteniyazov Prezidentimiz maʼruzasidagi “Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi... Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish boʻyicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam boʻladi... Sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qoʻli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim” degan jumlalar boʻyicha aniq tushunchalar berdi.
Huquqshunos Yerkin Uteniyazov ochiq dars davomida talabalarga oʻz sohalarida qaysi yoʻnalishni tanlashlari, tanlagan kasbi boʻyicha sohadagi oʻzgarishlardan doimo xabardor boʻlishlari, oʻz ustlarida tinmay ishlab, huquqiy ong va madaniyati, bilimlari va kasbiy masʼuliyatini muntazam oshirib borishlari lozimligi haqida maslahatlar berdi va ularga oʻz hayotiy va kasbiy tajribalari haqida gapirdi.
Ochiq dars yakunida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish hamda sud jarayoni yuzasidan amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ularga fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudining ochiq sud majlisida ishtirok etishlariga sharoit yaratib berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶