28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:16
Jamiyat 👁 2,506

Bahorday yashnab yuring, azizlar

Bahorday yashnab yuring, azizlar

 Roʻzimboy Nurimbetov – tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qoʻmitasi raisi:

- Tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi shifoxonalarda mehnat qilayotgan shifokor ayollarni koʻrsam, goʻyo dunyoning barcha goʻzalligi ularning qiyofalarida, biri-biridan orasta yurishlarida, dillarga malham yangligʻ soʻzlashlarida jamlanday his qilaman. Shifoxonamiz ham ana shu oppoq libosli ayollarimiz bilan fayzli, ish kunlarimiz maroqli nazarimda. Tibbiyot birlashmamiz tasarrufidagi shifo maskanlarida 1106 nafar ayol-qizlar, shundan 168 nafar oliy maʼlumotli shifokor ayollar xalqimiz salomatligi yoʻlida mehnat qilishadi.

Bayram yaqin. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ham oilamiz uchun, ham kasbdosh shifokor ayollar – aziz opa-singillarimiz uchun bahorning eng latofatli, nazokatli ayyomi. Biz bu kunni nishonlash uchun jiddiy taraddud koʻrdik. Oʻz ishining fidoyilari boʻlgan, xulqi goʻzal, xushmuomala, nazokatli ayollarimizga munosib sovgʻa-salomlar hozirlab qoʻydik.

Istagim, najot farishtalari, oilalarimizning quvonchi, aziz ayollarimiz bor boʻlsinlar. Har biringizga sogʻlik-omonlik, oilaviy baxt-saodat, el-u yurt ehtiromi yor boʻlsin, deyman.

Omonboy Yerdashev, Shimoliy-Gʻarbiy harbiy okrugning "Qoʻskoʻl” gornizoni serjanti, "Toʻlqin” ovulida yashovchi onaxon Bibisara Qoʻchqorovaning oʻgʻli:

– Onajon! Sizni juda sogʻindim. Esingizdami, 1-sinfga qabul qilingan kunim menga boshdan-oyoq yangi liboslar kiydirib, bagʻringizga bosganingiz. Oʻshanda Sizning koʻzingizda yosh koʻrgan edim. "Nega yigʻlayapsiz?”, - desam, "quvonchimdan”, - degansiz. "Quvonchdan ham odam yigʻlar ekan-da”, - deya hayratlangandim oʻshanda. Endi oʻylasam, hayot qiyinchiliklarini koʻp totigan qalbingiz bir ogʻizgina shirin soʻzdan ham poyimizga toʻkilavergan ekan. Buni oʻzim ota boʻlganimda, oʻgʻlimni maktabga olib chiqqanimda his qildim, Onajon! Bu hayotda ota-ona uchun farzandlar kamolidan ham ulugʻroq baxt yoʻq ekan, aslida. Mening  oʻgʻlim harbiy, diydasi qattiq, deb oʻylamang. Sizning mehr-muhabbatingiz qoshida butun jismu jahoni erib-evrilguvchi goʻdagingizman.

Bilaman, 8-mart kuniga har doim alohida taraddud koʻrasiz. Issiq, qat-qat patirlar yopasiz, boʻgʻirsoqlar, qirmishlar pishirasiz. Ich-ichingizdan biz harbiy bolalaringizga toʻkilib turasiz: "Hammalari kelsa ekan. Mana bu neʼmatlardan totsa ekan”, - deb intiq boʻlasiz. Bizning diydorimiz Siz uchun eng ulugʻ sovgʻa ekanligini bilib, birimiz bayramdan oldin, birimiz bayram kuni yo keyin oldingizga oshiqamiz. Sizni quvontirish, Sizning bagʻringizda bir lahza boʻlish ham bizga bayram!

Onajon! Dunyoning jamiki goʻzalliklari Sizga yor boʻlsin. Oʻgʻil-qizlaringizning aziz diydorlaridan, quvonchlaridan baxtiyor, uzoq umr koʻring, bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!

Ravshanbek Yoʻldoshev, "Toshyop” ovulida yashovchi tadbirkor: - Ota-onam doimo: "bir-birlaringga mehribon boʻlinglar, ayniqsa, qiz bolaning dilini ogʻritib boʻlmaydi, qizlar – ota uyning mehmonlari”, – deya tez-tez takrorlab turadilar. "Farzand ham mehmon boʻladimi?” – deb qoʻyardim ichimda. Lekin oʻzim ulgʻayib, avvalo opam oʻzga xonadonga uzatilib ketganlarida ota-onam  qayta-qayta takrorlaydigan bu soʻzlarning magʻzini chaqdim. Mening opa-singillarim, endi bilsam, mehr-oqibat bobida onamday jonfido ekanlar.

Onamday aziz va mehribon, otamday suyukli opa-singillarim! Sizlarni mehr-muhabbat bilan bagʻrimga bosib, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman. Hamisha baxtimga bahorday yashnab-yasharib yuring. Sizlarga oilaviy baxt-saodat tilayman, azizlarim!

Tabriklarni Robiya YOʻLDOShEVA yozib oldi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026